Prevyu. "Qizilqum" – "SHo'rtan"
30 may 2015 10:19
Yangiliklar
Kichik ustunlik “SHo'rtan” tomonida. 8ta o'yinda g'uzorliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 7ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida tenglik. Ikkala jamoa 23ta gol urib o'z darvozalaridan 23 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “SHo'rtan” 27 ochkoni, “Qizilqum” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan.
“SHo'rtan” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi g'uzorliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.
2013 yil birinchi davrada G'uzorda tashkil etilgan bahsda Arturos Fomenkoning dubli “SHo'rtan”ga g'alaba keltirgandi. Zarafshondagi bahsda Zafar To'raev va Navro'z Alimovning gollariga Asror Aliqulov javob bergandi – 2:1.
“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.10.2013 Qizilqum - SHo'rtan 2:1
01.07.2012 Qizilqum - SHo'rtan 2:0
25.08.2011 Qizilqum - SHo'rtan 3:2
26.10.2010 Qizilqum - SHo'rtan 3:1
09.10.2009 Qizilqum - SHo'rtan 2:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” o'z uyidagi 6ta o'yinda zafar quchgan. Bitta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. “SHo'rtan” safarda bu raqibni ikki bor mag'lub eta olgan. “Qizilqum” oxirgi beshta o'yinda o'z maydonida mag'lub bo'lmagan.
Narzulla Saydullaev tayyorladi

Fikrlar