So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Prevyu. "Qizilqum" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Metallurg"

Bekobodning "Metallurg" klubi Navoiyda "Qizilqum" mehmoni bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Metallurg (Bekobod)
5 noyabr 2015. Navoiy. "So'g'diyona" stadioni. 14:00
Hakamlar: O. Tolibjonov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), R. Nugmanov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 31 bor kesishgan. Ustunlik “Qizilqum” tomonida. 14ta o'yinda “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Metallurg” g'olib chiqqan. Yana 8ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Qizilqum” foydasiga. Navoiyliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 45ta gol kiritib o'z darvozalaridan 36 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Qizilqum” 50, “Metallurg” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Metallurg” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi bekobodliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:0ga teng.

14-turda Bekobodda o'tgan bahsda Rustam Mirsodiqov shogirdlari zafar quchishgan. Maydon egalari safida SHahzodbek Nurmatov (2ta), Ayubxon No'monov va Zohid Abdullaev gol urishgan. “Qizilqum”dan Bahriddin Vahobov hamda Farruh Haydarov to'p kiritishgan – 4:2.

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.11.2014 Qizilqum - Metallurg 0:0
21.09.2013 Qizilqum - Metallurg 1:0
27.10.2012 Qizilqum - Metallurg 0:0
17.09.2011 Qizilqum - Metallurg 2:1
13.03.2010 Qizilqum - Metallurg 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarda “Metallurg” 2 marta g'alaba qozongan. 3ta uchrashuv durang qayd etilgan. Qolgan 10ta o'yinda “Qizilqum” zafar quchgan. “Metallurg” oxirgi 3ta o'yinda bu raqib darvozasiga safarda gol ura olmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика