So’nggi yangiliklar

23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  1 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  1 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  1 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  10 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0

Prevyu. "Qizilqum" - "Mashal" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Mashal"

Oliy liganing 25-turida "Qizilqum" klubi o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi.

Qizilqum (Navoiy) – Mashal (Muborak)
16 oktyabr 2015. Navoiy. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

Bu ikki klub oliy ligada 25 bora to'qnash kelishgan. Natijalar Muborak klubining ustunligini ko'rsatmoqda. Ushbu o'yinlardan 7 tasida “Mashal” g'olib bo'lgan. 12 o'yin durang hisobida yakunlangan. Yana 6 uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan.

“Mashal” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 32ta gol kiritgan “Qizilqum” esa 29 bora “Mashal” posbonini ranjitgan. “Mashal” 33, “Qizilqum” 30 ochkoni qo'lga kiritishgan. “Mashal”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 6:1 ni tashkil qiladi. Zarafshonlikning eng yirik g'alabasi esa – 6:3 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Muborakda o'tgan bahsda durang qayd etilgan. Jamoalar har qancha harakat qilishsa ham raqib darvozasiga yo'l topa olishmagandi – 0:0.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.04.2014 Qizilqum - Mashal 0:0
17.08.2012 Qizilqum - Mashal 1:1
01.10.2011 Qizilqum - Mashal 0:1
14.08.2010 Qizilqum - Mashal 1:1
23.03.2009 Qizilqum - Mashal 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : Bu jamoalarning “Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan 12ta uchrashuvning 9tasi durang bilan tugagan. Bitta o'yinda “Qizilqum” g'alaba qozongan, yana ikki uchrashuvda “Mashal” safardan uch ochko bilan qaytgan. Navoiy klubi bu jamoa bilan o'z uyidagi oxirgi 8ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика