So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  1 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  16 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Prevyu. Premer-liganing 4-turini Manchester derbisi ochib beradi Yangiliklar

Prevyu. Premer-liganing 4-turini Manchester derbisi ochib beradi

Bugun Angliya Premer-ligasining 4-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Ushbu tur bahslarini Manchester derbisi boshlab beradi.


"Manchester Yunayted" - "Manchester Siti"

Joriy mavsum boshlanishidan oldin Manchester shahrining ikki grandi yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi. "El-Klassiko"ni turli janjallar, dahanaki janglar bilan qizitgan Joze Mourino va Xosep Gvardiola bu safar Manchester derbisida tomosha ko'rsatishadi. Ayni damda "qizil iblislar" va "shaharliklar" ochko yo'qotmay kelishmoqda. Imkoniyatlarga to'xtaladigan bo'lsak, ular teng. So'nggi mavsumda "Manchester Yunayted" "Siti"ga qarshi bahslarda 4 ochko ishlagan.


Imkoniyatlar: 50 - 50


"Arsenal" - "Sautgempton"

Joriy mavsum starti Arsen Vengerning "Arsenal" ustozi sifatidagi 10 yillik faoliyatini eslatib yubormoqda. CHempionat startidagi mag'lubiyatlar, mavsumlar oralig'ida yangi futbolchilar yo'qligi va transfer oynasi yopilishi oldidan bir nechta qimmat xaridlar. Bu har yili takrorlanadi.

Klod Pyuel shogirdlari 3 ta o'yinda bor-yo'g'i 2 ochko ishlashdi. "Sautgempton" vaziyatni o'nglash uchun "Lill" hujumchisi Sofian Bufalga 25 mln. evro sarfladi. "Avliyolar" joriy mavsum davomida turnir jadvalining ikkinchi qismida borishiga hech kim shubha qilmasa kerak.


"Arsenal" "Sautgempton"ga qarshi 6 ta bahsning bor-yo'g'i 1 tasida g'alaba qozongan. "Avliyolar" ham raqibini bir marotaba taslim etgan. Mehmonlarning mavsum boshidagi muammolarini hisobga olsak, "to'pchilar"da imkoniyat ko'proq.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Bornmut" - "Vest Bromvich"

"Bornmut" taqvim borasida omadsizlikka uchradi. Ular MYU va "Vest Xem"ga mag'lub bo'lishdi, "Kristal Pelas" bilan bo'lsa murosa ko'chasi tanlandi (1:1). Navbatdagi uchrashuvda "Bornmut" o'z o'yinini ko'rsatishi kerak. Aks holda, mavsum shunday davom etadi.

"Vest Bromvich" chempionat startida hech kimni hayron qoldirgani yo'q, ammo ularning raqiblari kuchli bo'lmaganligi tufayli, 4 ochko ishlashdi va turnir jadvalining markazidan joy olishdi. Yoz oxirida "Vest Brom" Nosir SHodli, Allan Noma va Xel Robson-Kanuni xarid qildi. Bu transferlar Toni Pyulis jamoasini kuchaytirishi kerak. 


"Bornmut" debyut mavsumida "Vest Bromvich"ga mag'lub bo'lmagan.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Byornli" - "Xall Siti"

"Byornli" uy jamoasi, chunki ular o'z maydonida "Liverpul"ni mag'lub etib, sensaciya qayd etishdi. Ammo mehmondagi o'yinlarda "Suonsi" va "CHelsi" SHon Daych jamoasiga ochko bermagan. "Byornli" Premer-liganing ko'plab klublari kabi xaridni transfer oynasi yopilishidan oldin amalga oshirdi.

"Xall Siti" Premer-liga debyutanti hisoblanadi. Ular birinchi uchta o'yinda bor kuchini ko'rsatishdi va 6 ochko ishlab olishdi. "Lester" va "Suonsi"ni mag'lub etgan "Xall"  7 ochko to'plashi mumkin edi, ammo MYUning so'nggi daqiqalardagi goli bunga yo'l qo'ymadi. Jamoa transfer oynasining so'nggi kunlarida 6 nafar futbolchini xarid qilishdi. Rayan Meyson, Devid Marshall va Dyomersi Mbokani jamoaning muhim futbolchilariga aylanishi mumkin.


"Byornli" "Xall Siti"ga qarshi so'nggi 11 yil ichidagi 9 ta uy uchrashuvining 7tasida g'alaba qozongan, ammo mehmonlarning joriy mavsumdagi o'yinini hisobga olsak, ular bugun mag'lub bo'lmasliklari kerak.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Vest Xem" - "Uotford"

"Vest Xem" - joriy mavsumning asosiy omadsizi hisoblanadi. "Bolg'aurarlar" Evropa ligasini saralash bosqichidayoq tark etdi, Premer-ligada esa 3 ta o'yindan so'ng 3 ochko to'plashdi. To'g'ri, ular chempionatda "CHelsi" va "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lishdi. Terma jamoalar tanaffusi Slaven Bilichga yordam berishi mumkin.

"Uotford" yozda tarkibni kuchaytirish uchun 73 mln. evro sarfladi. Jamoaning so'nggi xaridi Kabul, Roberto Pereyra, Yanmat, Kums va Stefano Okaka bo'ldi. Hozircha bu futbolchilar "Uotford"ga katta yordam berayotgani yo'q. 3 ta o'yindan so'ng jamoa bor-yo'g'i 1 ochko to'plagan. Valter Maccari jamoasi "CHelsi" va "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi. Bu tarkib bilan Premer-ligada jon saqlash uchun kurashish katta xato bo'ladi.


"Uotford" mehmonda juda yomon o'ynamoqda, ular 16 apreldan beri mezbon jamoani taslim eta olishmayapti.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Miblsbro" - "Kristal Pelas"

"Midlsbro" Premer-ligani yomon boshlamadi, ular chempionatning 3 o'yinida birorta ham mag'lubiyatga uchrashmadi va 5 ochko jamg'arishdi. Aytor Karankaning tarkibi yozgi xaridlardan kuchaygan. Ular o'ziga teng jamoalardan ochko olishga qodir.

"Kristal Pelas" mavsumni yaxshi boshlay olmadi, ayniqsa hujumda ishlar yurishmayapti. SHu sababli, ular Benteke va Remi bilan shartnoma tuzishdi.


O'tgan mavsumni qo'shib oladigan bo'lsak, "Boro" uyidagi so'nggi 10 ta uchrashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Stok Siti" - "Tottenxem"

"Stok Siti" mavsumning yana bir omadsizlaridan hisoblanadi. Jamoa 3 ta uchrashuvda bor-yo'g'i 1 ochko ishladi. Ular transferning so'nggi kunida Bruno Martins Indi va Vilfrid Bonini xarid qilishdi.

"Tottenxem" ikl uch turda 5 ochko jamg'ardi. "Everton" va "Liverpul"ga qarshi bahslarda 4 ochko yo'qotildi. "SHporlar" xarid qilgan Mussa Sissoko jamoa markazi va himoyasini kuchaytira oladi.


"Stok Siti"ning 6 futbolchisi jarohatlanganini hisobga olsak, bu uchrashuvda mehmonlar favorit.

Imkoniyatlar: 45 - 55


"Liverpul" - "Lester Siti"

"Mersisaydlar" ilk turda "Arsenal" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, keyingi ikki uchrashuvni avvalgisidek yorqin o'tkazishmadi. Terma jamoalar o'yinidagi tanaffus klubga foyda keltirishi kerak. Bundan tashqari, Klopp jamoasi rekonstrukciya qilingan stadionda ilk uchrashuvini o'tkazadi.

Angliyaning amaldagi chempionlari esa natijalarni yaxshilab bormoqda. Ular birinchi turda mag'lubiyatga uchrashdi, ikkinchi bahsda durang qayd etib, so'nggi o'yinda "Suonsi"ni taslim etishdi. Ular transfer oynasining so'nggi kunlarida Slimanini o'z safiga qo'shib olishdi.


"Liverpul" uydagi birinchi bahsda bor kuchini ko'rsatishi kerak.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Suonsi" - "CHelsi"

"Suonsi" transfer oynasining so'nggi kunida xarid amalga oshirmagan Premer-liganing kam sonli klublaridan biri bo'ldi. Ular hisobida bor-yo'g'i 3 ochko bor. Jamoa "Xall" va "Lester"ga qarshi bahslarda ham ochko ishlashi mumkin edi, ammo ularning biroz omadi kelmadi.

Antonio Konte qo'l ostidagi "CHelsi" yana g'alaba qozonishni boshladi. Jamoaning yangi xaridlari Markos Alonso va David Luis "ko'klar"ning himoyasini yanada kuchaytirishi mumkin.


Hozirgacha ochko yo'qotmagan "CHelsi" bugun ham ushbu ananani davom ettirishi kerak.

Imkoniyatlar: 40 - 60


"Sanderlend" - "Everton"

Devid Moyes jamoasi o'tgan mavsum startini takrorlashmoqda. "Sanderlend" uzoq vaqt g'alaba qozona olmay, turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida qolib ketgan edi. Uch turdan so'ng "qora mushuklar" hisobida 1 ochko bor. "Sanderlend" o'z uyidagi kuchli o'yini tufayli mag'lubiyatdan qutilib qolgan edi.

"Everton"ga Kuman kelganidan so'ng ular mavsum boshida mag'lub bo'lishni to'xtatishdi. Uch turdan so'ng 7 ochkoga ega jamoa turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Romelu Lukaku terma jamoada dubl qayd etdi.


Bu bahsda "Everton"ning qo'li baland kelishi mumkin.

Imkoniyatlar: 45 - 55

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика