Prevyu. "Paxtakor" - "SHo'rtan"
16 apr 2015 10:30
Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "SHo'rtan"
Oliy ligaga qaytgan G'uzorning "SHo'rtan" klubi Toshkentda "Paxtakor" klubi mehmoni bo'ladi.
Paxtakor (Toshkent) – SHo'rtan (G'uzor)
16 aprel 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 18:30
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), H. SHodmonov (Buxoro), R. Nugmanov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
UzPFL vakili: F. Magametov.
“Paxtakor” va “SHo'rtan” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar toshkentliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Paxtakor” 16ta o'yinda g'olib bo'lgan, 1ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “SHo'rtan” ushbu raqibni hozirga qadar faqat bir marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Paxtakor” tomonida - 51:10. O'zaro o'yinlarda “Paxtakor” 49, “SHo'rtan” esa 4 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Paxtakor”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0ga teng. “SHo'rtan”da bu ko'rsatkich – 3:1.
2013 yildagi ikkala uchrashuvda ham “Paxtakor” g'alaba qozongan. G'uzorda Oybek Qilichev va Abbos Maxstalievning gollariga Dilyaver Abibullaev javob qaytargandi – 1:2. “Paxtakor” maydonidagi o'yinda Pavel Solomin hisobni ochgan bunga Temurxo'ja Abduxoliqov (3ta) va Davron Hoshimov javob bergandi – 4:1.
Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.11.2013 Paxtakor - SHo'rtan 4:1
27.08.2012 Paxtakor - SHo'rtan 0:0
13.08.2011 Paxtakor - SHo'rtan 3:1
22.08.2010 Paxtakor - SHo'rtan 2:0
04.08.2009 Paxtakor - SHo'rtan 4:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentda bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 8tasida “sherlar” zafar quchishgan. Bir marta (2012 yil) “SHo'rtan” safardan durang bilan qaytgan. G'uzorliklar safarda bu jamoani mag'lub eta olishmagan.

Fikrlar