Prevyu. "Paxtakor" - "Nasaf"
11 apr 2016 08:23
Yangiliklar
Prevyu. "Paxtakor" - "Nasaf"
Paxtakor (Toshkent) – Nasaf (Qarshi)
11 aprel 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
“Paxtakor” hamda “Nasaf” oliy ligada 38 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 22tasida “sherlar” g'olib bo'lishgan, 9ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Nasaf” hozirga qadar “Paxtakor”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 55:28 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 75 ochkoni, “Nasaf” esa 30 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Paxtakor”ning “Nasaf” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Ajdarlar”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi ham 4:0 bo'lib turibdi.
2015 yil birinchi davrada Toshkentda kechgan o'yinda Adnan Oraxovac va Igor Sergeev (ikkita) tomonidan urilgan gollarga Ilhom SHomurodov javob bergandi – 3:1. Qarshidagi bahs taqdirini Kamoliddin Tojiev tomonidan urilgan yagona gol hal qilgandi – 0:1.
Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.06.2015 Paxtakor - Nasaf 3:1
17.10.2014 Paxtakor - Nasaf 2:0
10.05.2013 Paxtakor - Nasaf 1:0
12.04.2012 Paxtakor - Nasaf 0:0
01.04.2011 Paxtakor - Nasaf 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarning 16tasida “Paxtakor” zafar quchgan. Ikkita bahsda durang qayd etilgan. “Ajdarlar” ushbu raqib maydonidagi uchrashuvlarda faqat bir marta g'alabaga erishgan (2001 yil). “Nasaf” Toshkentda o'tgan oxirgi 3ta uchrashuvda mag'lub bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar