Prevyu. "Olmaliq" - "Qo'qon-1912"
18 apr 2015 10:00
Yangiliklar
Prevyu. "Olmaliq" - "Qo'qon-1912"
Oliy ligada shu kunga qadar to'qnash kelmagan ikki jamoa bugun Olmaliqda o'zaro dastlabki uchrashuvlarini o'tkazishadi.
Olmaliq (Olmaliq) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
18 aprel 2015. Olmaliq. “OKMK” stadioni. 18:00
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
UzPFL vakili: N. Lutfulin.
“Olmaliq ” va “Qo'qon-1912” klublari shu kunga qadar oliy ligada umuman to'qnash kelishmagan. “Qo'qon-1912” jamoasi so'nggi bor 2003 yil elitada ishtirok etgan. “Olmaliq” klubi esa 2008 yildan buyon oliy ligada o'ynab kelmoqda.
Igor SHkvirin boshchiligidagi jamoa bu mavsumni safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs bilan boshladi – 1:1. Ikkinchi turda o'z maydonida “Nasaf” klubi taslim etildi – 2:0. So'ngra “Andijon” Olmaliqda mag'lub etildi – 3:2. Nihoyat 4-turda jamoa Muborakda “Mashal”ga qarshi o'yin o'tkazib 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
“Qo'qon-1912” jamoasi ilk turni Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o'tkazib 1:0 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi turdan o'rin olgan “Paxtakor”ga qarshi bahs nomalum muddatga qoldirildi. Uchinchi turda qo'qonliklar Qarshida “Nasaf”ga yutqazib qo'yishdi – 0:3. Oxirgi turda Rustam Abdullaev jamoasi Qo'qonda “Andijon” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0.

championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar