So’nggi yangiliklar

09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1

Prevyu. "Olmaliq" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "Qizilqum"

Oliy liganing 7-turini "Olmaliq" va "Qizilqum" o'rtasidagi o'yin yakunlab beradi.
Olmaliq (Olmaliq) – Qizilqum (Navoiy)
2 may. Olmaliq. “OKMK” stadioni. 18:30
Hakamlar:
B. Namazov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

“Olmaliq” va “Qizilqum” oliy ligada 14 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 7tasida olmaliqliklar g'olib bo'lishgan. 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” hisobida 5ta g'alaba mavjud.

“Olmaliq” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 25ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Olmaliq” darvozasiga 20ta gol urishgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 23 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 17 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Olmaliq”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa 4:2.
 
O'tgan mavsumda Olmaliqda o'tgan uchrashuvda mezbonlar g'alaba qozonishgan. SHaker Zuagining goli o'yin taqdirini hal qilgan – 1:0. Navoiyda esa “Qizilqum” zafar quchgan. Eldor Boymatov va Georgiy Kvesieshvili (ikkita) tomonidan urilgan gollarga mehmonlar safida Dilyaver Abibullaev hamda Zafar Polvonov javob bergandi – 3:2.

Olmaliqda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.04.2014 Olmaliq - Qizilqum 1:0
09.03.2013 Olmaliq - Qizilqum 2:1
22.04.2012 Olmaliq - Qizilqum 2:2
31.07.2011 Olmaliq - Qizilqum 2:1
21.08.2010 Olmaliq - Qizilqum 5:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” o'z uyida o'tgan 7ta o'yinning 6tasida g'olib bo'lgan. Faqat 2012 yil bo'lib o'tgan o'yinda “Qizilqum” safarda durangga erisha olgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика