Prevyu. "Olmaliq" - "Paxtakor"
02 avg 2015 10:40
Yangiliklar


Prevyu. "Olmaliq" - "Paxtakor"
Olmaliq (Olmaliq) – Paxtakor (Toshkent)
2 avgust 2015 yil. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 19:30
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), O. Tuychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
“Paxtakor” va “Olmaliq” oliy ligada 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “sherlar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Paxtakor” ushbu raqibni 10 marta mag'lub etgan. 2ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Olmaliq” hozirgacha “sherlar”ni faqat 3 marta mag'lub eta olgan. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 23ta gol urgan, “Olmaliq” futbolchilari 8 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Paxtakor” o'zaro o'yinlarda 32 ochkoga ega bo'lgan, “Olmaliq” hisobida 11 ochko bor. “Paxtakor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:1ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi – 2:1.
Birinchi turda Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda Zohir Pirimov hisobni ochgandi. Igor Sergeevning goli hisobni tenglashtirgandi – 1:1.
Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
07.09.2014 Olmaliq - Paxtakor 0:3
21.06.2013 Olmaliq - Paxtakor 1:0
17.11.2012 Olmaliq - Paxtakor 0:3
10.03.2011 Olmaliq - Paxtakor 0:1
18.04.2010 Olmaliq - Paxtakor 2:3
15.08.2009 Olmaliq - Paxtakor 1:0
14.09.2008 Olmaliq - Paxtakor 0:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqda bo'lib o'tgan 7ta o'yinda “Olmaliq” ikki bor g'alaba qozona olgan. Beshta o'yinda esa “sherlar” g'alaba qozonishgan. Olmaliqdagi bahslarda bu jamoalar umuman durang o'ynashmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar