So’nggi yangiliklar

23:48"Аталанта" — "Интер". Таркиблар маълум  0 23:30АПЛ. Грейнинг голи "Тоттенхэм"га Лондон дербисида ғалаба тақдим этди  0 23:12Дембеле Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши футболчиси деб топилди  2 22:11Дембеле, Ямал, Мбаппе, Хакими, Холанд, Педри, Доннарумма ва Кейн IFFHS’нинг 2025 йилги терма жамоасида  1 22:05А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га муҳим ўйинда ғалаба келтирди  1 21:3730 декабрь - ОЧЛ 2 қуръаси  1 20:45Артём Довбик Испанияга қайтиши мумкин  0 20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  1 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  4 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  3 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  10

Prevyu. "Olmaliq" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Olmaliq" - "Navbahor"

Igor SHkvirin boshchiligidagi "Olmaliq" jamoasi o'z maydonida Baxtiyor Ashurmatov boshqarayotgan "Navbahor" klubini qabul qiladi.

Olmaliq (Olmaliq) – Navbahor (Namangan)
16 oktyabr 2015. Olmaliq. OKMK stadioni. 17:30
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), R. No'monov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: G. Imamov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 15 bor kesishgan. Ustunlik “Olmaliq” tomonida. 7ta o'yinda “Olmaliq”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 5ta uchrashuvda “Navbahor” g'olib chiqqan. Yana 3ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbatida esa tenglik – 21:21. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 24 ochkoni, “Navbahor” esa 18 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Olmaliq” oliy ligada “Navbahor” ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Igor SHkvirin shogirdlarining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Navbahor”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

Birinchi davrada Namanganda o'tgan uchrashuvda tomonlar ikkitadan gol urishgandi. SHahboz Erkinov hisobni ochgandi. Bunga mehmonlar safida SHavkat Salomov va Arslonmurod Omonov javob berishgandi. Erkinov dublga erishib yakuniy natijani o'rnatgandi – 2:2.

Olmaliqda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.11.2014 Olmaliq - Navbahor 3:1
04.05.2013 Olmaliq - Navbahor 3:4
06.05.2012 Olmaliq - Navbahor 1:0
10.10.2011 Olmaliq - Navbahor 0:3
14.06.2010 Olmaliq - Navbahor 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqda o'tgan 7ta o'yinning to'rttasi “Olmaliq”, ikkitasida “Navbahor” g'alabaga erishgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. Oxirgi ikki o'yinda “Olmaliq” o'z uyida 3tadan gol urgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика