Prevyu. "Olmaliq" - "Nasaf"
23 mar 2015 07:41
Yangiliklar
OLMALIQ – NASAF
23 mart 2015. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:00
Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
“Olmaliq” va “Nasaf” oliy ligada jami 14 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Qarshiliklar 7ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 7ta o'yinda durang qayd etilgan. “Olmaliq” shu kungacha “Nasaf”ni mag'lub eta olmagan. To'plar nisbatida ham “Nasaf” oldinda - 24:12. O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” 28 ochkoni, “Olmaliq” esa 7 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. “Olmaliq”da g'alaba yo'qligi haqida aytib o'tdik.
O'tgan yil har ikkala bahsda ham durang kuzatilgan. Olmaliqda Farruh Sayfiev birinchi daqiqada hisobni ochgan, Obid Jo'raboev ikkinchi bo'limda muvozanatni tiklagandi – 1:1. Qarshida ham Farruh Sayfiev hisobni ochgan, Artur Gevorkyan ikkinchi bor mehmonlarni ranjitgan. Bunga Zohir Pirimov va SHaker Zuagilar javob berishgan – 2:2.
Olmaliqda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
22.06.2014 Olmaliq - Nasaf 1:1
08.11.2013 Olmaliq - Nasaf 2:2
03.08.2012 Olmaliq - Nasaf 0:1
22.10.2011 Olmaliq - Nasaf 0:0
16.05.2010 Olmaliq - Nasaf 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Olmaliqda bo'lib o'tgan etti o'yindan beshtasida durang qayd etilgan. Ikki uchrashuvda “Nasaf” g'alaba qozongan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar