So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

PREVYU. "Olmaliq" - "Lokomotiv" Yangiliklar

PREVYU. "Olmaliq" - "Lokomotiv"

Oliy liganing 9-turini ochib beruvchi o'yin Olmaliqda "Olmaliq" va "Lokomotiv" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Olmaliq (Olmaliq) – Lokomotiv (Toshkent)
14 may 2015. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 19:00
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), R. Samandarov (Navoi), O. Jumaev (Navoi), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

“Olmaliq“ hamda “Lokomotiv“ shu kunga qadar o'zaro 12 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar "Lokomotiv”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 3ta o'yinda yutgan, “Lokomotiv” hisobida esa 7ta g'alaba bor. Yana ikkita o'yin durang bilan tugagan. To'plar nisbatida toshkentliklar ustun: 19-15. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 11, “Lokomotiv” esa 23 ochko qo'lga kiritgan.

“Olmaliq”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. O'z navbatida “temiryo'lchilar”ning  “Olmaliq” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 ni tashkil etadi.

O'tgan yil birinchi davrada “Lokomotiv” o'z uyida yirik g'alabaga erishgan. Farhod Tojiev va Jasur Hasanov birinchi bo'limda, Viktor Karpenko esa ikkinchi bo'limda omaliqliklar darvozasiga gol urishgandi – 3:0. Ikkinchi davrada Olmaliqdagi uchrashuvda bitta gol o'yin taqdirini hal qilgan. Farhod Tojievning kiritgan to'pi “temiryo'lchilar”ga g'alaba keltirgan – 0:1.

Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
17.10.2014 Olmaliq - Lokomotiv 0:1
10.08.2013 Olmaliq - Lokomotiv 1:2
20.06.2012 Olmaliq - Lokomotiv 1:0
11.09.2010 Olmaliq - Lokomotiv 1:1
12.09.2009 Olmaliq - Lokomotiv 4:0
08.08.2008 Olmaliq - Lokomotiv 4:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Olmaliq” klubi shu kungacha oliy ligada o'z maydonida “Lokomotiv”ni uch marta taslim qilgan. Bitta o'yinda durang qayd etilgan. Ikkita bahsda “Loko” safardan g'alaba bilan qaytgan. Etiborlisi bu g'alabalar oxirgi ikki yilda qo'lga kiritilgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика