So’nggi yangiliklar

12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  1 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  1 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  0 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  2 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  6 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  5 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  24 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0

PREVYU. "Olmaliq" - "Bunyodkor" Yangiliklar

PREVYU. "Olmaliq" - "Bunyodkor"

Olmaliq shahridagi yangi qurilgan stadionda "Olmaliq" va "Bunyodkor" klublari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tadi.
Olmaliq (Olmaliq) – Bunyodkor (Toshkent)
15 avgust. Olmaliq. “Olmaliq” stadioni. 19:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, O.To'ychiboev.
Nazoratchi: B.Galeev.

Bu ikki klub oliy ligada 13 bora to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlardan 9 tasida “qaldirg'ochlar” g'olib bo'lishgan. 2 o'yin durang hisobida yakunlangan. “Olmaliq” shu kungacha “Bunyodkor”ni 2 bor mag'lub etgan.

“Bunyodkor” hozirga qadar o'zaro o'yinlarda “Olmaliq” darvozasiga 27 ta gol kiritgan. “Olmaliq” esa 13 bora “Bunyodkor” posbonini ranjitgan. “Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda 29 ochkoni, “Olmaliq” esa 8 ochkoni qo'lga kiritgan. “Bunyodkor”ning oliy ligada “Olmaliq” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 4:1 ni tashkil qiladi. “Olmaliq” eng yirik muvaffaqiyati esa – 3:1.

Birinchi davrada Toshkentda kechgan o'yinda durang qayd etilgandi. Mehmonlar vakili Aleksandr Alempievich tomonidan urilgan golga “qaldirg'ochlar” yarim himoyachisi Oleg Zoteev javob bergandi – 1:1.

Olmaliqda o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.04.2013 Olmaliq - Bunyodkor 3:1
13.09.2012 Olmaliq - Bunyodkor 2:1
27.09.2011 Olmaliq - Bunyodkor 1:3
29.05.2010 Olmaliq - Bunyodkor 1:3
04.10.2009 Olmaliq - Bunyodkor 2:2
27.04.2008 Olmaliq - Bunyodkor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Olmaliq” o'z maydonida bu raqibga uch bor yutqazgan. Bir bor durang o'ynagan va ikki bor g'alabaga erishgan. Oxirgi ikki yilda “Olmaliq” ushbu raqibni ikki marta mag'lub etdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика