So’nggi yangiliklar

23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  9 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24 20:32Дунёнинг етакчи лигалари ФИФАни судга бермоқчи  4 20:15"Локомотив" "SWM Motors" билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  0 20:00Руслан Аҳмедов: "Биз натижа учун ўйнаяпмиз. Чиройли ўйин иккинчи даражали"  1 19:50Улуғбек Бақоев: "Футболда шунақаси ҳам бўлиб туради"  14 19:33Кварацхелия "Наполи"дан кетмоқчи эмас  2 19:11"Арсенал" Йозуа Киммихга қизиқмоқда  7

PREVYU. Niderlandiya - Argentina. Ushalmagan orzu sari navbatdagi qadamni kim tashlaydi? Yangiliklar

PREVYU. Niderlandiya - Argentina. Ushalmagan orzu sari navbatdagi qadamni kim tashlaydi?

Bugun Qatardagi Jahon chempionatida chorak final uchrashuviga start beriladi.

Jamoalar borgan sari saralanib bormoqda. Kuchlilar o'z yo'lida davom etmoqda. Bugun ana shunday kuchlilar to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Oqshomda Niderlandiya va Argentina yarim final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Umuman olganda bu jamoalar bir-biriga azaldan principial raqib hisoblanib kelgan. Hattoki Kroyf va Maradona davridayoq ularning o'yinlari cho'qqisiga chiqib bo'lgandi. Bu 21 asrda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. 

Netherlands

Wout Weghorst - 83', Wout Weghorst - 90', Teun Koopmeiners - 121', Wout Weghorst - 121', Luuk de Jong - 121'

World Cup Final Stage . 1/4-tur

10/12/2022, 00:00

6
:
5
Tugadi

Argentina

Nahuel Molina - 35', Lionel Messi - 73', Lionel Messi - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121', Lautaro Martinez - 121'

Stadion: Lusail Stadium, 88235 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
120'
43'  Jurrien Timber
45'  Wout Weghorst
46'  Marten de Roon (Teun Koopmeiners)
46'  Steven Bergwijn (Steven Berghuis)
64'  Daley Blind (Luuk de Jong)
76'  Memphis Depay
78'  Memphis Depay (Wout Weghorst)
83'  Wout Weghorst
83'  Steven Berghuis
88'  Steven Berghuis
90'  Wout Weghorst
90'  Teun Koopmeiners
91'  Steven Bergwijn
113'  Cody Gakpo (Noa Lang)
35'  Nahuel Molina
35'  Lionel Messi
43'  Marcos Acuna
45'  Cristian Romero
67'  Rodrigo De Paul (Leandro Paredes)
73'  Lionel Messi
76'  Lisandro Martinez
78'  Marcos Acuna (Nicolas Tagliafico)
78'  Cristian Romero (German Pezzella)
82'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
89'  Leandro Paredes
90'  Lionel Messi
90'  Nicolas Otamendi
106'  Nahuel Molina (Gonzalo Montiel)
110'  Gonzalo Montiel
112'  Lisandro Martinez (Angel Di Maria)
112'  German Pezzella

O'zaro o'yinlar

Jamoalar shu kunga qadar 9 marotaba yashil maydonda kuch sinashishgan (shularning 5tasi Jahon chempionatida). Ustunlik "lolalar" yurti vakillarida. Ular 4ta bahsda g'alabani o'z tomonlariga og'dira olgan. 1ta uchrashuvda argentinaliklarning qo'li baland kelgan. Jamoalarning dastlabki to'qnashuvi 1974 yilda o'rtoqlik uchrashuvida yuz bergan. Xuddi o'sha yili Jahon chempionati ikkinchi raundida to'qnash kelishgan. Yoxan Kroyf etakchiligidagi Niderlandiya yirik 4:0 hisobida g'alaba qozongan. 

Jahon chempionatlaridagi uchrashuvlar.

Germaniya - 1974. Ikkinchi raund 

Niderlandiya - Argentina 4:0

Gollar: Yoxan Kroyf 10, 90, Rud Krol 25,   Rep 73


Argentina oradan 4 yil o'tib o'z uyidagi mundialda Niderlandiyadan yaxshigina qasosini oladi. Ular esa ketma-ket ikkinchi finalda imkoniyatni boy berishadi. 

Argentina-1978. Final. 

Argentina - Niderlandiya 3:1

Gollar: Mario Kempes 38, 105, Daniel Bertoni 116 - Dirk Nanninga 82


1978 YILGI FINAL VIDEOSINI KO'RISH UCHUN HAVOLA


Franciya - 1998. CHorak final.

Niderlandiya - Argentina 2:1

Gollar: Patrik Klyuvert 12, Dennis Bergkamp 89 - Klaudio Lopes 17


Germaniya - 2006. Guruh bosqichi

Niderlandiya - Argentina 0:0

Braziliya - 2014. Yarim final

Niderlandiya - Argentina 0:0 (penaltilar seriyasida 2:4)


CHorak finalgacha bosib o'tilgan yo'l

Ikki terma jamoa musobaqani ikki xil ruhda boshladi.  Argentina kutilmaganda Saudiya Arabistoniga mag'lubiyatga uchradi. Bu esa ko'pchilikda katta muhokamalarni keltirib chiqarishiga sabab bo'ldi. Biroq Lionel Skaloni shogirdlarini navbatdagi uchrashuvlarga yaxshi tayyorlay oldi. Odatda kuchli va uzoqqa borishni maqsad qilgan jamoalar guruh bosqichida katta kuchni sarflamaydi va kichik hisoblarda g'alaba qozonib asosiy ishni keyingi bosqichdan boshlaydi. Argentina guruhdagi navbatdagi o'yinlarda Meksika va Polshadan ustun keldi va  6 ochko bilan nimchorak finalga yo'l oldi. Bu bosqichda Avstraliya qiyinchilik bilan mag'lub etildi. Ayniqsa so'nggi daqiqalar Skalonini yaxshigina asabiylashtirdi, deyishimiz mumkin. Niderlandiyada barchasi joyida. Xotirjam odimlamoqda. Lui Van Gal bunday katta turnirlarda qanday qatnashish hadisini olgan. Tajriba ulkan. "A" kvartetida Senegal va Qatarni mag'lub etdi, Ekvador bilan durang o'ynadi (7 ochko). 1/8 finalda AQSH taslim qilindi (3:1). 


Ushalmagan orzu sari kim navbatdagi qadamni tashlaydi?

Messi - futbol osmonidagi katta nom.  Qatar uning uchun faoliyatidagi oxirgi mundial. Yorqin lahzalarga boy faoliyat albatta Jahon chempionligi kubogi bilan tugashi shart. U 2014 yil bunga juda yaqin kelgandi. Biroq Germaniya yo'l qo'ymadi. Butun jamoa bugun faqat Messi uchun o'ynaydi. Hayot-mamot masalasi. Niderlandiya - bu kabi finallarda yutqazgan alamli jamoa bo'lmasa kerak. Niderlandiyaning 1974 yilgi ilk urinishi omadsiz chiqdi. Yoxan Kroyf etakchiligdagi jamoa finalda Germaniyaga mag'lub bo'ldi. Taqdirni qarangki, ular 1978 yil Argentina mundialida ham finalda o'ynash imkoniga ega bo'lishdi. Ammo Kempes va Argentina kubokni uyda olib qolishni istashdi. 2010 yil JARda bo'lib o'tgan Jahon chempionati finalida Andres Inesta va Ispaniya Niderlandiyaning azaliy orzusidan yana bir bor mahrum qildi. 2014 yil final ostonasida bugungi raqib Argentina penaltilar seriyasida g'alaba qozondi. Alamlar, yana alamlar. Nima uchun sarlovahaga bunday nom qo'yganimizni tushundingizmi? 



Kashfiyotlar yoxud grandlar nishonidagi Gakpo

Gakpo chindan ham bu turnirda Niderlandiya terma jamoasining asosiy kashfiyot futbolchisi hisoblanadi. U guruh bosqichidagi barcha 3ta uchrashuvda gol urdi.  SHu tariqa, niderlandiyalik hujumchi italiyalik futbolchi Alessandro Altobelining JCH-1986dagi yutug'ini takrorladi. Ayni paytda Gakpo "Manchester Yunayted"ning qishki transferlardagi asosiy haridlaridan biri bo'lishi kutilmoqda. Buni shaxsan Ten Xagning o'zi istamoqda. Van Deyk esa unga Angliya klubidan ko'ra "Real"ga o'tishni taklif qilyapti. Argentinada kashfiyot nomiga Rodrigo De Paulni ko'rsatish mumkin. Messining "qo'riqchisi" laqabini olgan Paul yarim himoya chizig'ida etakchi hisoblanadi. Statistikaga ko'ra, u 4ta o'yinda jami 380ta uzatma amalga oshirgan. SHularning 87 foizi aniq hisoblanadi.  


Barchaga yoqimli tomosha tilaymiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика