So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  3 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Prevyu. "Neftchi" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Navbahor"

Teglar :  NeftchiNavbahor
Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan vodiy derbisida "Neftchi" va "Navbahor" to'qnash kelishadi.

Neftchi (Farg'ona) – Navbahor (Namangan)
12 mart 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Navbahor” va “Neftchi” oliy ligada 48 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 24ta o'yinda farg'onaliklar raqibni mag'lub etishgan, 12 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 12ta o'yinda “Navbahor” zafar quchgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 73 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Lochinlar” esa 48 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 84 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Navbahor” hisobida 48 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 bo'lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g'alabasi esa – 4:1.

O'tgan mavsum jamoalar o'z maydonlarida g'alaba qozonishgan. “Neftchi” mezbon bo'lgan uchrashuvda Otabek Haydarov tomonidan urilgan yagona gol bahs taqdirini ha qilgan – 1:0. Namanganda esa Ulug'bek Baqoev “lochinlar”ga 3 ochko taqdim etgan – 1:0.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
04.04.2015 Neftchi - Navbahor 1:0
15.08.2014 Neftchi - Navbahor 1:0
29.06.2013 Neftchi - Navbahor 2:0
27.08.2012 Neftchi - Navbahor 3:0
30.07.2011 Neftchi - Navbahor 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 19tasida uch ochkoni qo'lga kiritgan. 3 marta g'olib aniqlanmagan. Faqat 2 bor “Navbahor” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 11ta o'yinda “lochinlar” g'alaba qozona olishmagan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика