So’nggi yangiliklar

23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  9 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  5 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  4 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  36 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   12 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  11 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  4 18:07Гави: "Тер Штеген – клуб афсонаси, уни ҳурмат қилиш керак"  3 17:38"Милан" Влаховични олиш учун ярим ҳимоячисидан воз кечадими?  1

Prevyu. "Neftchi" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Navbahor"

Oliy liganing dastlabki vodiy derbisi Qo'qon shahridagi "Markaziy" stadionda "Neftchi" va "Navbahor" o'rtasida bo'lib o'tadi.
NEFTCHI – NAVBAHOR
4 aprel 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar
: R.Ermatov, M.Saidqosimov, A.Usmanov, A.Ergashev.
Nazoratchi: V.Valickiy.

“Navbahor” va “Neftchi” oliy ligada 46 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 23ta o'yinda farg'onaliklar raqibni mag'lub etishgan, 12 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 11ta o'yinda “Navbahor” zafar quchgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 72 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Lochinlar” esa 47 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 81 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Navbahor” hisobida 45 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 bo'lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g'alabasi esa – 4:1.

O'tgan yil Kosonsoyda tashkil etilgan o'yinda ikkala jamoa bittadan gol urishgan. SHukur Po'latov 76-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, bahs yakuniga 4 daqiqa qolganida Jahongir Jiyamurodov muvozanatni tiklagandi – 1:1. “Neftchi” mezbon bo'lgan uchrashuvda esa Sardor Rahmonovning urgan goli farg'onaliklar g'alaba keltirgan – 1:0.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.08.2014 Neftchi - Navbahor 1:0
29.06.2013 Neftchi - Navbahor 2:0
27.08.2012 Neftchi - Navbahor 3:0
30.07.2011 Neftchi - Navbahor 1:1
14.08.2010 Neftchi - Navbahor 4:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 18tasida uch ochkoni qo'lga kiritgan. 3 marta g'olib aniqlanmagan. Faqat 2 bor “Navbahor” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 10ta o'yinda “lochinlar” g'alaba qozona olishmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика