So’nggi yangiliklar

14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  1 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  8 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8

PREVYU. "Neftchi" - "Navbahor" Yangiliklar

PREVYU. "Neftchi" - "Navbahor"

Qo'qondagi stadionda "Neftchi" va "Navbahor" o'rtasidagi vodiy derbisi bo'lib o'tadi.
Neftchi (Farg'ona) – Navbahor (Namangan)
15 avgust. Qo'qon. “Markaziy” stadion. 17:15
Hakamlar:
V.Ceytlin, R.Samandarov, O.Jumaev, A.Jo'raxonov.
Nazoratchi: S.Ermatov.

“Navbahor” va “Neftchi” oliy ligada 45 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 22ta o'yinda farg'onaliklar raqibni mag'lub etishgan, 12 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 11ta o'yinda “Navbahor” zafar quchgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 71 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Lochinlar” esa 47 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 78 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Navbahor” hisobida 45 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 bo'lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g'alabasi esa – 4:1.

Birinchi davrada Kosonsoyda tashkil etilgan o'yinda ikkala jamoa bittadan gol urishgan. SHukur Po'latov 76-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, bahs yakuniga 4 daqiqa qolganida Jahongir Jiyamurodov muvozanatni tiklagandi – 1:1.

Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

29.06.2013 Neftchi - Navbahor 2:0
27.08.2012 Neftchi - Navbahor 3:0
30.07.2011 Neftchi - Navbahor 1:1
14.08.2010 Neftchi - Navbahor 4:3
23.08.2009 Neftchi - Navbahor 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt
: “Neftchi” uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 17tasida mezbonlar uch ochkoni qo'lga kiritishgan. 3 marta g'olib aniqlanmagan. Faqat 2 bor “Navbahor” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan. Farg'onada bo'lib o'tgan oxirgi 9ta o'yinda “lochinlar” g'alaba qozona olishmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика