So’nggi yangiliklar

03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  5 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Prevyu. NBU-Osiyo - Zomin Yangiliklar

Prevyu. NBU-Osiyo - Zomin

Teglar :  NBU-OsiyoZomin
Ertaga O'zbekiston Birinchiligi ikkinchi bosqichning 11 – tur bahslariga start beriladi.

Bunda Toshkent shahrining “NBU-Osiyo” jamoasi Zominning “Zomin” jamoasini o'z uyida qabul qiladi.

Jamoalar o'zaro besh bor to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlarda Toshkent jamoasi uch bor, zominliklar esa bir bor qo'li baland kelgan bo'lsa, yana bitta uchrashuvda jamoalar murosa yo'lini tanlashgan. To'plar nisbatida “NBU-Osiyo” jamoasi esa o'n bor, “Zomin” jamoasi raqiblar darvozasi tomon besh bor yo'l topa olgan.
Jamoalar ilk bor 2012 yilgi O'zbekiston Birinchiligida to'qnash kelishgan. O'shanda “NBU-Osiyo” jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Oxirgi bor jamoalar shu yilgi musobaqaning ikkinchi bosqich 6-turida kuch sinashishdi, o'shanda toshkentliklar mehmonda 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Oldingi natijalarga qarab baho beradigan bo'lsak, “NBU-Osiyo” jamoasi hozircha qo'li baland kelib turibdi. Lekin “Zomin” jamoasining ketma-ket uch turdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotganligi jamoaning xar bir uchrashuv uchun alo darajada tayyorgarlik ko'rayotganligidandir. Ayniqsa 10-turda Birinchi liga peshqadamini mag'lubiyatga uchratganligi “Zomin” jamoasi o'yinchilari uchun keyingi tur uchrashuvlarini mufaqqiyatli o'tkazish uchun zamin yaratadi.
Demak, bu turda “Zomin” jamoasi “NBU-Osiyo” jamoasi uchun haqiqiy bosh og'rig'idir.

SHunday ekan, bugungi uchrashuvda ikkala jamoaning g'alaba qozonish uchun imkoniyatilari bir xil.

Ikkala jamoaga omad tilaymiz.

Imkoniyatlar: 30/40/30

O'ZARO O'YINLAR
2012 YIL
5-tur. 21 aprel (shanba)
NBU-Osiyo (Toshkent) – Zomin (Zomin) 3:0.
Hakamlar:
V.Ceytlin (Toshkent), S.Eremeev (Toshkent), S.Petrov (Toshkent).
Nazoratchi: F.Abdullaev (Toshkent).

18-tur. 20 iyun (chorshanba)
Zomin (Zomin) – NBU-Osiyo (Toshkent)- 0:2.


2014 YIL
Ikkinchi bosqich, 2-tur. 20 avgust (chorshanba)
NBU-Osiyo (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 2:2. 105 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Najafaliev.
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
Gollar: A. Toirov (34), D. Valijonov (49) – D. Ismoilov (5), D. Nurullaev (37).
Ogohlantirishlar: F. Nurliboev (36), A. Ibrohimov (62) – D. Komilov (41), D. Ismoilov (63).
CHetlatish: D. Ismoilov (ikkinchiogohlantirish, 65).

Ikkinchi bosqich, 15-tur. 26 oktyabr (yakshanba)
Zomin (Zomin) – NBU-Osiyo (Toshkent)- 2:1. 756 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), SH. Kamarov (Samarqand), S. Hakimov (Samarqand), N. Muhamadieva.
Nazoratchi: E. Musaev (Samarqand).
Gollar: D. Nurullaev (80), D. Ismoilov (87) – L. Koshelev (82).
Ogohlantirish: N. Eronov (NBU-Osiyo, 11).

2015 YIL

Ikkinchi bosqich, 6-tur. 9 sentyabr (chorshanba)
Zomin (Zomin) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:2. 2186 tomoshabin.
Hakamlar
: N. Qosimov (Qarshi), O. Umarov (Toshkent vil.), D. Iskandarov (Nukus), SH. Fayziev.
Nazoratchi: M. SHaripov (Buxoro).
Gollar: U. Nabiev (70) – O. Navkarov (66), M. Sultonov (79).
Ogohlantirishlar: I. Bituraev (64), E. Karimov (83), A. Mansurov (90) – S. Safarov (12), R. Bakaev (37), A. Abdug'aniev (67), M. Olimov (90).

Ikkinchi bosqich, 11-tur. 9 oktyabr (juma)
NBU-Osiyo (Toshkent) - Zomin (Zomin)
Hakamlar:
O. Tuychibaev (Toshkent), SH. Mirjalalov (Toshkent), Z. Erkinov (Toshkent).
Nazoratchi:E. Aripov (Farg'ona).

Akmal Raxmatullaev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика