So’nggi yangiliklar

18:00Суперлига. "Бухоро" – "Динамо" (матнли трансляция)  2 17:51"Байер", "Бавария" ва "Боруссия Дортмунд" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 17:30"Химки" — "Рубин". Таркиблар маълум  0 17:23"Сумқайит" ва "Сабаҳ" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  0 16:46"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини "Интер"га сотиши мумкин  0 16:20"Реал" "Байер"дан Гримальдо трансферини кўриб чиқмоқда. Чап қанот ҳимоячиси - "Барса" тарбияланувчиси  0 15:53Неймар Бразилияда қолмоқчи  0 15:25Расман: Хейсен "Реал"га ўтмоқда  2 15:12"Интер" "Реал" ва "Барселона"нинг трансфер мақсадини қўлга киритиши мумкин  0 14:25"Барселона" ҳужумчисини АПЛга сотиши мумкин  5 13:31"Ман Сити" Англия Кубоги учун "Кристал Пэлас" билан беллашади (превью)  8 13:01"Реал" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  17 12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  9 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  3 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  4

Prevyu. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
Namanganning "Navbahor" klubi bugun o'z maydonida Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubini qabul qiladi.

Navbahor (Namangan) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
14 may 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 17:30
Hakamlar:
I. Tantashev (Buxoro), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).

“Navbahor” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 20 bor kuch sinashishgan. “Navbahor” 14ta o'yinda g'alaba qozongan. 4ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “lochinlar” tomonida: 43:22. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 44 ochkoga ega bo'lgan, “Qo'qon-1912” esa 14 ochkoni qo'lga kiritgan. “Lochinlar”ning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 5:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 3:2.

2015 yil dastlabki davradagi o'yinda Sergey Georgievning urgan goli "Navbahor"ga safarda g'alaba keltirgandi - 0:1. Namangandagi uchrashuvda Furqat Hasanboev mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqandi. Biroq SHahboz Erkinovning ikkita goli “Navbahor”ga 3 ochko olib bergandi – 2:1.

“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.10.2015 Navbahor - Qo'qon-1912 2:1
11.06.2003 Navbahor - Qo'qon-1912 5:1
06.04.2002 Navbahor - Qo'qon-1912 2:0
26.06.2000 Navbahor - Qo'qon-1912 5:4
23.10.1999 Navbahor - Qo'qon-1912 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z maydonida o'tkazgan 10ta o'yinning barchasida g'olib chiqqan. "Qo'qon-1912" ushbu jamoa maydonidan umuman ochko ololmagan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика