So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  7 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  6

Prevyu: “Navbahor” – “Qizilqum” Yangiliklar

Prevyu: “Navbahor” – “Qizilqum”

Teglar :  NavbahorQizilqum
Bugun “Navbahor” O'zbekiston chempionatining 17-turida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.

Navoiyliklar bilan o'tadigan uchrashuvda jamoamizning ikki nafar etakchi futbolchisi maydonga tusha olmaydi. Himoyachi Jahongir Mehmonov va hujumchi Nemanya Yovanovichlar sariq kartochkalari soni to'rttaga etganligi sababli maydonga tusha olishmaydi. “Qizilqum” jamoasi azolari kecha kunning ikkinchi yarmida Namanganga etib kelishdi. Kechki payt 19.00da esa navoiyliklar “Markaziy” o'yingohda bahsdan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi. Jamoamiz azolari esa o'yin oldi mashg'ulotni 11 avgust kuni ertalab o'tkazishgandi. “Markaziy” o'yingohda soat 19.00da boshlanadigan uchrashuvga har ikki jamoa azolari ham puxta hozirlik ko'rishganiga shubha yo'q. “Qizilqum” ikkinchi davrani o'z maydonida “Paxtakor” bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etgan holda boshladi. “Navbahor” esa safarda “Obod” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

"Navbahor" va Navoiyning “Qizilqum” jamoalari O'zbekiston chempionatlarining oliy ligasida shu kunga qadar 35 ta uchrashuvda kuch sinashishgan. O'zaro o'yinlarda futbolchilarimiz 12 marta g'alaba qozonishgan. 11 ta o'yinda esa durang kuzatilgan. Navoiyliklar hisobidagi g'alabalar soni ham 12 tani tashkil etmoqda. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich esa 44-39, "Navbahor" foydasiga. Jamoalarning oliy ligadagi ilk o'yini 2000 yili o'tkazilgan. Namanganda o'tgan dastlabki bahsda “Qizilqum” g'alabani qo'lga kiritgandi. Ikkinchi davra o'yinida esa “Navbahor” safarda uch ochkoni mezbonlardan tortib olgandi. Aksariyat uchrashuvlarda “Qizilqum” jamoamizga noqulay raqib ekanligini namoyish etgan. Xususan jamoamiz, 2008-2010 yillar oralig'ida navoiyliklarni mag'lubiyatga uchrata olmagan. O'z maydonida uch bor durang qayd etgan jamoamiz safarda ikki bor imkoniyatni boy bergandi. SHuningdek, 2012 va 2016 yilgi mavsumlarda ham futbolchilarimizga yutuqni nishonlash nasib etmagan. 2012 yilgi chempionatdagi har ikki bahsda durang kuzatilgan bo'lsa “Qizilqum” o'tgan yilgi uchrashuvlarda g'alabani tantana qilgan. Bu yilgi chempionatning birinchi davrasidan o'rin olgan uchrashuvda navoiyliklar 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishgandi. Mezbonlar jamoa futbolchilari Azamat Allaniyozov va Ilhom Yunusovlarning ikki goliga Mansur Saidov javob qaytargandi.

Namanganda o'tgan uchrashuvlardagi natijalar
2000 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:2
Gollar:
A.Soliev (67) - A.Bakalidis (35), G'.Xudoyberganov (53).
2001 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:0
Gol:
X.Karimov (53-pen.).
2002 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 4:0
Gollar:
SH.Mirxoldirshoev (40), O.Pirmatov (54), T.Madrahimov (85), D.Odilov (90).
2003 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 2:2
Gollar:
I.Mo'minjonov (18,26) - M.Idiatulin (38), Al.Xoliqov (75).
2004 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 5:2
Gollar:
V.Jalilov (7), R.G'ofurov (13), SH.Mirxoldirshoev (38,49), P.Agbo (65) - Al.Xoliqov (55), M.Xoliqov (69).
2005 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 2:1
Gollar:
YO.Nazarov (5), G.Ovekov (39) - N.Quttiboev (29).
2006 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:1
Gollar:
S.Tokov (82) - S.Usmonxo'jaev (40).
2007 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:2
Gollar:
K.Kanin (88) - N.Quttiboev (33), G'.Jumaev (90+3).
2008 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:1
Gollar:
SH.Mirxoldirshoev (90+1) - A.Klikunov (52).
2009 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:1
Gollar:
M.Fozilov (78) - V.Postolatev (80).
2010 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:1
Gollar:
E.Sayko (48-pen.) - T.Sultonov (25-avtogol).
2011 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 3:0
Gollar:
A.Mahmudov (12), A.Sultanov (27), A.SHadrin (79).
2012 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 0:0
2013 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 1:0
Gol:
B.To'raboev (90+3).
2014 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 2:0
Gollar:
M.Saidov (59), D.Jabborov (77).
2015 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 2:1
Gollar:
R.Hasanov (31), SH.Erkinov (52) - A.Derkach (82).
2016 yil
"Navbahor" - "Qizilqum" - 0:2
Gollar:
I.Yunusov (49), V.SHodiev (61).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика