So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  2 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  2 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Prevyu. "Navbahor" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Qizilqum"

Oliy liganing 28-turida "Qizilqum" klubi "Navbahor" mehmoni bo'ladi.

Navbahor (Namangan) – Qizilqum (Navoiy)
30 oktyabr 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 31 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 11ta o'yinda namanganliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Qizilqum” g'olib bo'lgan. 11ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Navbahor” foydasiga. “Lochinlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 41ta gol urib o'z darvozalaridan 33 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Navbahor” 44 ochkoni, “Qizilqum” esa 38 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Navbahor” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi namanganliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi ushbu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:0ga teng.

Dastlabki davrada Navoiyda kechgan bahsda “Qizilqum” holib bo'lgan. Bahriddin Vahobovning uchta goliga mehmonlar safida Mo'ydin Mamazulumov ikki bor javob bergandi – 3:2.

“Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.10.2014 Navbahor - Qizilqum 2:0
18.10.2013 Navbahor - Qizilqum 1:0
17.03.2012 Navbahor - Qizilqum 0:0
24.09.2011 Navbahor - Qizilqum 3:0
11.09.2010 Navbahor - Qizilqum 1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi “Navbahor” maydonida o'tgan o'yinlarda 6 marta durang qayd etilgan. 7 marta “lochinlar” g'alabaga erishishgan. Qolgan ikki o'yinda “Navbahor” safarda muvaffaqiyatga erishgan. Oxirgi to'rt yilda “Navbahor” safarda umuman gol ura olmagan.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика