Prevyu. "Navbahor" - "Obod"
30 apr 2016 09:32
Yangiliklar
Navbahor (Namangan) – Obod (Toshkent)
30 aprel 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
“Navbahor” va “Obod” klublari birinchi bor oliy ligada to'qnash kelishadi.
“Obod” dastlabki turni Qo'qonda o'tkazib 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi turni o'z uyida “Buxoro” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0. Keyin Qarshida “Nasaf” bilan bahsda 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat to'rtinchi turda Toshkent klubi oliy ligada dastlabki gollarini urishga erishdi. “Qizilqum”ga qarshi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. 5-turda toshkentliklar Bekobodda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Bir tur oldin “Obod” Toshkent derbisida “Bunyodkor”dan 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.
“Navbahor” mavsumni ketma ket ikki mag'lubiyat bilan boshladi. Dastlab o'z uyida “Lokomotiv”ga 2:3 hisobida yutqazgan jamoa safarda “Neftchi”ga ham imkoniyatni boy berdi – 0:1. Uchinchi turda “So'g'diyona” bilan Namanganda durang o'ynaldi (0:0). Keyin Muborakda “Mashal”ga imkoniyat boy berildi – 1:2. Nihoyat beshinchi turga kelib “lochinlar” g'alaba qozonishdi. O'z uyida “SHo'rtan” taslim qilindi – 3:1. Oxirgi turda Rashid G'ofurov shogirdlari safarda “Olmaliq”qa yutqazishdi – 1:2.
Fakt: “Navbahor” o'z uyidagi 3ta o'yinda uch xil natija qayd etgan (g'alaba, durang va mag'lubiyat). “Obod” safardagi 3ta o'yinning barchasida mag'lub bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar