Prevyu. "Navbahor" - "Lokomotiv"
21 noy 2015 09:30
Yangiliklar
Prevyu. "Navbahor" - "Lokomotiv"
Navbahor (Namangan) – Lokomotiv (Toshkent)
21 noyabr 2015. Namangan. "Markaziy" stadioni. 14:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), O. Abduvosilov (Toshkent), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
“Navbahor” hamda “Lokomotiv” oliy ligada jami 21 bora to'qnash kelishgan. “Lokomotiv” 10 marta, “lochinlar” 7 marta g'olib chiqqan, 4ta bahsda durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Lokomotiv” foydasiga 32:30ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda “Loko” 34, “Navbahor” 25 ochkoni qo'lga kiritishgan.
“Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:2. “Temiryo'lchilar”ning o'zaro o'yinlarda namanganliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 5:1.
Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda “Loko” yirik hisobda zafar quchgan. Katta Jasur Hasanov, Sanjar SHoahmedov, Temurxo'ja Abduxoliqov, Marat Bikmaev (2ta) gollariga va SHahboz Erkinov javob bergandi – 5:1.
Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
15.03.2014 Navbahor - Lokomotiv 0:1
03.04.2013 Navbahor - Lokomotiv 1:1
07.04.2012 Navbahor - Lokomotiv 0:2
25.09.2010 Navbahor - Lokomotiv 2:0
25.04.2009 Navbahor - Lokomotiv 2:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z maydonida bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 6tasida g'olib chiqqan. Ikki marta g'olib aniqlanmagan bo'lsa, “Lokomotiv” safarda ikki bor muvaffaqiyat qozongan. Oxirgi uch yilda “lochinlar” o'z uyida bu raqibni enga olishmagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar