So’nggi yangiliklar

21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  61 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  0 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  29 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  0 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  3 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  7 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  12 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4

Prevyu. "Navbahor" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Navbahor" - "Bunyodkor"

Teglar :  NavbahorBunyodkor
"Navbahor" klubi o'z uyida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

Navbahor (Namangan) – Bunyodkor (Toshkent)
25 iyun 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

“Navbahor” va “Bunyodkor” oliy ligada jami 18 marta to'qnash kelishgan. SHulardan 14tasida toshkentliklar g'olib bo'lishgan, 2ta o'yinda vodiyliklar g'alabani tantana qilishgan. O'zaro o'yinlarda ikki bora durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Bunyodkor” foydasiga 39:8 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Bunyodkor” 44 ochkoni, “Navbahor” esa 8 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Bunyodkor”ning va “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 6:0, “Navbahor”ning eng yirik g'alabasi esa – 2:1.

2015 yil birinchi davrada Toshkentdagi bahsda uchta gol urilgan edi. Mezbonlar himoyachisi Anvar G'ofurov hisobni ochgan, Dostonbek Hamdamov "lochinlar" darvozasiga ikkinchi golni urgandi. Bunga "Navbahor" faqat bir bor Sanat SHixovning aniq zarbasi bilan javob bergandi - 2:1. Namangandagi bahs taqdirini Sato Minori tomonidan urilgan gol hal qilgan – 0:1.

Namanganda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
26.08.2015 Navbahor - Bunyodkor 0:1
20.09.2014 Navbahor - Bunyodkor 0:0
09.05.2013 Navbahor - Bunyodkor 0:3
13.04.2012 Navbahor - Bunyodkor 2:1
01.11.2011 Navbahor - Bunyodkor 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z uyida “Bunyodkor”ni ikki marta mag'lub etgan. Ikki marta durang qayd etilgan. "Bunyodkor" Namangandan 5 marta g'alaba bilan qaytgan. Oxirgi uch o'yinda "lochinlar" o'z uyilarida "qaldirg'ochlar" darvozasini ishg'ol qila olishmagan va g'alaba qozona olishmagan.  

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика