So’nggi yangiliklar

11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  1 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1

Prevyu. "Nasaf" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Qizilqum"

Qarshining "Nasaf" klubi o'z maydonida "Qizilqum" klubini qabul qiladi.
Nasaf (Qarshi) – Qizilqum (Navoiy)
16 aprel 2015. Qarshi. “Markaziy” stadioni. 18:30
Hakamlar
: V. Agishev (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro)
UzPFL vakili: G. Rtveladze.

“Nasaf” hamda “Qizilqum” klublari oliy ligada shu kungacha 30 bor kuch sinashishgan. “Ajdarlar” 18ta o'yinda g'alaba qozonishgan. 6ta uchrashuvda “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda 6 marta durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Nasaf” tomonida: 55:32. “Ajdarlar” o'zaro o'yinlarda 60 ochkoga ega bo'lishgan, “Qizilqum” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan. “Nasaf”ning “Qizilqum” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:1ga teng bo'lsa, “Qizilqum”ning qarshiliklar ustidan erishgan eng yirik g'alabasi – 3:1.

2014 yil 11-turda Navoiydagi bahsda hisobni mezbonlar himoyachisi Akmal Rustamov ochgandi. Oradan ko'p o'tmay Igor Taran o'yindagi so'nggi golni urib hisobni tenglashtirgandi – 1:1. Qarshida mezbonlar Ilhom SHomurodov va Artur Gevorkyanning gollari evaziga g'alaba qozonishgandi – 2:0.

Qarshida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.10.2014 Nasaf - Qizilqum 2:0
29.06.2013 Nasaf - Qizilqum 7:1
07.05.2012 Nasaf - Qizilqum 2:0
01.11.2011 Nasaf - Qizilqum 2:1
12.04.2010 Nasaf - Qizilqum 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalar o'rtasidagi “Nasaf” uyida kechgan bahslarda mezbonlar 12 marta g'alaba qozonishgan. Ikki o'yinda durang qayd etilgan. “Qizilqum” esa safardan faqat bir marta (2008 yil) bor uch ochko bilan qaytgan. Oxirgi 6ta o'yinda “Nasaf” o'z maydonida bu raqibni faqat mag'lub etgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика