So’nggi yangiliklar

10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  0 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  0 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  26 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  14 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  19 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  21 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  11 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  7 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  2 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  5

Prevyu. "Napoli" – "Barselona" Yangiliklar

Prevyu. "Napoli" – "Barselona"

Bugun Evropa CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Napoli" va "Barselona" o'rtasidagi birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Turnirdagi yo'li

"Napoli" CHempionlar Ligasining asosiy raundida ko'pincha kuchli jamoalardan iborat guruhlarga tushib qoladi. O'tgan mavsumda Alissonning ajoyib o'yini neapolliklar 1/8 finalga chiqishlariga to'sqinlik qilgandi. Bu safar ham "Napoli" guruh bosqichida "Liverpul" bilan to'qnash keldi, ammo ular munosib o'yin namoyish eta oldilar — uyda g'alaba (2:0), safarda durang (1:1). Natijada Karlo Anchelotti shogirdlari ikkinchi o'rinni egalladilar.

"Barselona" F guruhida "Borussiya" D va "Inter" bilan to'qnash keldi va g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar 6 o'yinda 14 ochko to'pladilar (4 g'alaba va 2 durang).


Muhim jihatlar

Koronavirus endi Italiyada ham

Bundan roppa-rosa 10 yil avval Islandiyadagi "Eyyafyadlayyokyudl" vulqoni tufayli Evropa mushkul axvolga tushib qolgandi. Bundan Joze Mourinyuning "Interi" unumli foydalandi va futbol tarixidagi eng yaxshi jamoalardan biri Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Barselona"ni to'xtata oldi. Kataloniyaliklar ECHL yarim finalida ishtirok etish uchun Milan shahriga yo'l oldilar, jamoa avtobusda deyarli bir sutka yo'l bosishiga to'g'ri keldi. Holdan toygan Lionel Messi, Xavi va Inesta "Inter"ga 1:3 hisobda mag'lub bo'ldi. Javob uchrashuvida esa "neradzurri" "avtobusi" atigi bitta to'p o'tkazib yubordi. May oyida bo'lgan final uchrashuvda milanliklar "Bavariya"ni mag'lub etdilar.

Tarix yana takrorlanadimi? Endi "Barselona" koronavirusga qarshi. Evropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda, Italiya yangi virusdan ko'proq aziyat chekmoqda. Dam olish kunlari A Seriyaning 4ta o'yini bekor qilindi. SHuningdek, Evropa Ligasi doirasidagi "Inter" - "Ludogorec" javob uchrashuvi tomoshabinlarsiz o'tadi. Asosan Italiyaning shimolidagilar koronavirusga chalingan: Lombardiya, Emiliya-Romanya va Pemont viloyatlari.

"Napoli" Italiyaning janubida joylashgan, biroq bu sog'liqqa beetibor bo'lish uchun sabab bo'lolmaydi. Agar o'yinchilar kasallangani haqida kichik shubha tug'ilsa ham, isitma yoki shunga o'xshash holat yuz bersa ham "Barselona" futbolchilari tezda shifoxonaga yuborilar ekan.


Kike Setenning tarkib bilan bog'liq katta muammolari bor

CHempionlar Ligasi pley-off birinchi o'yinidan avval "Barselona" murabbiyi jamoaning eng universal futbolchisi Serji Robertoni yo'qotdi. Yarim himoyachi soni jarohatlangani tufayli 4-5 haftaga safdan chiqqan. Bundan tashqari, Luis Suares, Usmon Dembele va Xordi Alba ham maydonga tushmaydi. "Ko'k-anorranglilar"ning yangi o'yinchisi Martin Breytueyt CHempionlar Ligasi uchun qaydnomaga kiritilmagan. Ammo mashg'ulot jarayonida ishtirok etish uchun jamoa bilan Italiyaga yo'l olgan.

"Napoli"ga qarshi o'yin uchun qaydnomaga darvozabon Inyaki Penya, himoyachilar Ronald Arauxo va Serxio Akeme, yarim himoyachilar Aleks Kolyado va Rikard Puch kiritilgan. Kike Seten ixtiyorida 15ta futbolchi bor. Ulardan 2tasi — golkiperlar Mark-Andre ter SHtegen va Neto.

Bundan tashqari, "Barselona" murabbiyining o'zi haqida gapirishni ham yoddan chiqarmaslik lozim. Kike Seten klubga kelganiga hali ko'p bo'lmadi va Neapolda bo'lib o'tadigan o'yin uning CHempionlar Ligasidagi ilk o'yini bo'ladi. SHu sababli, unga bosim kuchli bo'ladi. "Barselona" so'nggi ikki mavsumda evrokubokdan chiqib ketdi. Agar 1/8 finalda "Napoli"ga yutkazib turnirni tark etsa, keyin buni hech qanday yo'l bilan to'g'rilab bo'lmaydi.


"Napoli" uslubi grandlarga qarshi o'yin uchun juda mos

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzoning omadsiz davrida sabr bilan kutdi. Hozirda Neapol klubi muvaffaqiyat qozonmoqda. "Napoli" so'nggi 7 o'yinda 6ta g'alabaga erishdi. Yanvar oxirlarida "San-Paolo" tribunalari ketma-ket ikki g'alabaga guvoh bo'ldi: "Lacio" (1:0) va "Yuventus" (2:1). Bundan ikki hafta avval esa Italiya Kubogi doirasidagi birinchi yarim final o'yinida "Napoli" mehmonda "Inter"dan ustun keldi (0:1).

Mauricio Sarri davri va "sarribol"ni unutish lozim. Endi "Napoli" ortiqcha uyalib o'tirmay to'pni raqibga topshiradi va tezkor qarshi hujumdagi imkoniyatlaridan foydalanadi. "Napoli" zich himoyalanuvchi jamoa to'sig'ini qanday yorib o'tishni shunchaki bilmaydi.

"Barselona" bilan o'yinda Jennaro Gattuzo bunday muamoga duch kelmaydi, kamida "San-Paolo"da. Kike Seten to'pga egalik qilish va pas berib o'ynashni istaydi. Marhamat, "Napoli" sabr bilan imkon tug'ilishini kutadi. Ayniqsa, mezbon jamoaning tarkib bilan bog'liq hech qanday muammosi yo'q, faqatgina Kalidu Kulibali safdan chiqqan. Biroq Neapol klubi afrikaliksiz ham ajoyib o'yin ko'rsata oladi.


Taxminiy tarkib

Jennaro Gattuzo kelganidan so'ng "Napoli" 4-3-3 taktikasiga o'tdi. Kalidu Kulibalidan tashqari, Fernando Lorente ham "Barselona"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Sababi ispaniyalik hujumchi shamollab qoldi. Qolaversa, u asosiy tarkib o'yinchisi ham emas.

"Barselona" ham 4-3-3 sxemasidan foydalanadi. Kike Seten futbolchilar o'rnini almashtirish uchun hozircha hech qanday imkoniyatga ega emas. SHuningdek, murabbiy ixtiyorida himoyachi Samuel Yumtiti va xavbeklar Artur va Arturo Vidal bor. O'zgarish qilish uchun variantlar deyarli yo'q.


"Napoli" vs "Barselona"

"Barselona" uchun CHempionlar Ligasi — o'ziga xos turnir. Jamoa doim ushbu musobaqada g'oliblikni ko'zlab maydonga tushadi. "Roma" va "Liverpul" bilan bo'lgan omadsizliklardan keyin kataloniyaliklar ikki barobar ishtiyoq bilan harakat qiladi. Faqat vaziyat ularga qarshilik qilmoqda: mavsum o'rtasida jamoa murabbiyni almashtirdi, Usmon Dembele va Luis Suares yana jarohat oldi. Endi yana koronavirus muammosi. so'nggi yangiliklariga qaraganda, Italiya o'ta xavfli zonaga aylanib bormoqda, "Barselona" esa o'sha erga borishi kerak. Mamlakat xavfli kasallik bilan kurashayotgan bir pallada, futbolga etibor bir oz kamayadi.

"Barselona" ko'plab yo'qotishlar bilan oxirgi oyda A Seriyaning uch etakchisini — "Lacio" (1:0), "Yuventus" (2:1) va "Inter" (1:0)ni mag'lub etgan jamoaga qarshi to'qnashadi. Joze Mourinyudan o'rnak olib, Jennaro Gattuzo uy uchrashuvida "Barselona"ni iloji boricha qiyin vaziyatga tushirib qo'yishga harakat qilsa ajabmas.

Ammo, lekin, biroq "Barsa" oxirgi uchrashuvda "Eybar"ni (5:0) "yanchib tashladi", Lionel Messi esa poker qayd etdi. Lekin Primera autsayderiga qarshi uydagi o'yin bilan, Neapolda ayyorona o'yin ko'rsata oladigan Gattuzo "bandasi" bir-biridan butkul farq qiladi. Bu o'yinda har narsa bo'lishi mumkin. 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика