So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

Prevyu. “Metallurg” - “So'g'diyona” Yangiliklar

Prevyu. “Metallurg” - “So'g'diyona”

O'zbekiston Superligasi 5-tur doirasida “So'g'diyona” Bekobodda “Metallurg” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Etiboringizga jamoalarning Bekoboddagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

O'TGAN  MAVSUMDA

Birinchi davra 7-turida “So'g'diyona” mehmonda “Metallurg”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsning 9 daqiqasida Islom Qobilov hisobni ochgan edi. 21 daqiqada Doston Tursunov hisobni 2:0 ko'rinishiga olib kelgan bo'lsa, 49 daqiqada G'ulom O'runov hisobni penaltidan qisqartirishga muvaffaq bo'lgan edi. 54 daqiqada Jahongir Abdumo'minovning oshirib bergan to'pini Mirg'iyos Sulaymonov darvozaga joylab qo'ydi. SHu tariqa o'yinda 3:1 hisobda “Metallurg” g'alaba qozongan edi.

Ikkinchi davra 25-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi. Bahsning 37 daqiqasida Izzatilla Abdullaev hisobni ochgan bo'lsa, 46  daqiqada Ayubxon No'monov  hisobni tenglashtirdi. Sanjar Rashidov 80 daqiqada jarima zarbasidan unumli foydalanib gol kiritdi.  Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarida (90+3) Izzatilla  Abdullaev hisobni 3:1 ko'rinishiga olib kelgan bo'lsa, so'nggi daqiqalarda Alisher Ziyovutdinov (90+6) gol kiritdi.  O'yin 3:2 hisobida jamoamiz g'alabasi bilan yakunlandi.


O'YINNI  ZOKIR QODIROV   BOSHQARADI
“Metallurg” – “So'g'diyona”
Hakamlar: 
Z.Qodirov (Navoiy), R.Samandarov (Navoiy), O.Jumaev (Navoiy), S.Abdurahmonov (Toshkent).
Nazoratchi – F.Abdullaev (Toshkent).
Komissar – L.Qo'chqorov

O'ZARO USTUNLIK
“Metallurg” hamda “So'g'diyona”  klublari oliy ligada shu kungacha 32 bor kuch sinashishgan.“Metallurg” hisobida 12 ta, “So'g'diyona” hisobida 13 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  jizzaxliklar tomonida:  45:48. “Metallurg”  o'zaro o'yinlarda 43 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa , “So'g'diyona” 46 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Metallurg”ning eng yirik g'alabasi 4:2, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  ham 4:0

“Metallurg” maydonida so'nggi 5 yilda o'tgan barcha uchrashuvlar:
12.05.2017 «Metallurg» – «So'g'diyona» 3:1
05.03.2016 «Metallurg» – «So'g'diyona» 2:1
26.08.2015  «Metallurg» – «So'g'diyona» 1:2
14.05.2014 «Metallurg» – «So'g'diyona» 2:1
20.04.2013 «Metallurg» – «So'g'diyona» 0:2

O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Bekoboddagi 16 ta o'yindan 11 tasida “Metallurg” , 2tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.


O'YIN VAQTI VA JOYI

Yoshlar ligasi bahsi 5 aprel kuni soat  16:00 da A.Anoxin  stadionida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 6 aprel  kuni 20:00 da “Metallurg” stadionida o'tkaziladi.

FUTBOLCHILAR HAQIDA QIZIQARLI MA'LUMOT

Bir necha yillar davomida “Metallurg” sharafini himoya qilib kelgan Dilmurod Karimov, Jahongir Abdumo'minov, Alisher Ziyavuddinov, Doniyor Odilovlar ilk bor sobiq jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика