So’nggi yangiliklar

08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  0 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0

Prevyu: “Metallurg” – “So'g'diyona” Yangiliklar

Prevyu: “Metallurg” – “So'g'diyona”

Milliy chempionatlarimizning dastlabki yillarida ancha muvaffaqiyatli qatnashgan Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi “Metallurg” muvaffaqiyatli o'ynab kelayotgan raqiblardan sanaladi.

Mazkur jamoalar bugungacha oliy liga musobaqalarida o'zaro 30 ta o'yin o'tkazishgan. SHulardan 11 tasida bekobodliklar, 12 tasida jizzaxliklar g'alaba qozonishgan. 7 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi jizzaxliklar foydasiga – 44:40.

Mazkur jamoalar o'rtasida qayd etilgan eng yirik hisob 4:0. “So'g'diyona” o'z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o'yin 2014 yili Zomindagi stadionda bo'lib o'tgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to'qqizta to'p kiritilgan. “Metallurg” jamoasi ham bir marta ham o'z maydonida, hamda safarda bitta mavsumning o'zida g'alaba nashidasini surgan.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan o'yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 9 g'alaba, 3 durang, 3 mag'lubiyat, kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi – 24:18.

O'tgan mavsumning ochilish uchrashuvi bo'lgan Bekoboddagi o'yinda Zohid Abdullaev 37-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, 88-daqiqada Farrux SHotursunov hisobni tenglashtirgandi. Faqatgina so'nggi soniyalarda bekobodliklar g'alaba to'pini kiritishgan muvaffaq bo'lgandi. Uni ham “Metallurg” Zohid Abdullaev kiritgandi. Qizig'i shundaki, jizzaxliklarning yagona javob goli muallifi SHotursunov ikkinchi davrada  “Metallurg” sharafini himoya etgandi.
 
Bekobodda o'tgan so'nggi olti uchrashuv:
05.03.2016 Metallurg - So'g'diyona 2:1
26.08.2015 Metallurg - So'g'diyona 1:2
14.05.2014 Metallurg - So'g'diyona 4:2
20.04.2013 Metallurg - So'g'diyona 2:1
10.06.2011 Metallurg - So'g'diyona 3:2
18.05.2009 Metallurg - So'g'diyona 3:1

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика