So’nggi yangiliklar

07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  0 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5

Prevyu. “Metallurg” – “Qo'qon-1912” Yangiliklar

Prevyu. “Metallurg” – “Qo'qon-1912”

“Metallurg” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 10 bor kuch sinashishgan.
“Metallurg” 3ta o'yinda g'alaba qozongan. 5ta uchrashuvda “Qo'qon-1912”ning qo'li baland kelgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik qo'qonliklar tomonida: 18:14. “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlarda 17 ochkoga ega bo'lgan, “Metalurg” esa 11 ochkoni qo'lga kiritgan. Bekobodliklarning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 6:1ga teng bo'lsa, qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi – 5:1.

Bu jamoalar so'nggi bor 2003 yil oliy ligada to'qnash kelishgan. Bekobodda Arslon Tolipov (2ta) va Abbos Abdullaev mezbonlar tarkibida, SHuxrat Yusupov mehmonlar safida gol urgan – 3:1. Qo'qonda esa mezbonlar yirik hisobda zafar quchishgan. No'mon Hasanov, Alisher Otajonov, Xayrulla Mahmudov va Rahmat Inog'omov “Metallurg” darvozasini ishg'ol qilishgandi – 4:0.

“Metallurg” maydonida bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
14.05.2003 Metallurg - Qo'qon-1912  3:1
23.03.2002 Metallurg - Qo'qon-1912  0:2
20.09.2000 Metallurg - Qo'qon-1912  6:1
18.04.1999 Metallurg - Qo'qon-1912  2:0
29.05.1998 Metallurg - Qo'qon-1912  1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” o'z maydonida o'tkazgan 5ta o'yinning uchtasida g'olib chiqqan. Bitta bellashuvda tomonlar ochkolarni bo'lib olishgan. Yana bitta uchrashuvda “Qo'qon-1912” safarda muvaffaqiyat qozongan.

Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика