So’nggi yangiliklar

08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  0 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  2 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  12 01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  10 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  5 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  15 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  4 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0

Prevyu. "Mashal" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Prevyu. "Mashal" - "Bunyodkor"

Toshkentning "Bunyodkor" klubi Muborakda "Mashal" klubi mehmoni bo'ladi.

Mashal (Muborak) – Bunyodkor (Toshkent)
30 sentyabr 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 16:30
Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: A. Xudaydatov.

Ushbu jamoalar shu kunga qadar o'zaro 15 marta kuch sinashishgan. Natijalar “Bunyodkor”ning yaqqol ustunligini ko'rsatmoqda. “Qaldirg'ochlar” 15 bahsning barchasida g'alaba qozonishgan. To'plar nisbati 34-1 “Bunyodkor” foydasiga. O'zaro o'yinlarda “Bunyodkor” 45 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Mashal”da bu ko'rsatkich hozircha 0 bo'lib turibdi.

“Bunyodkor”ning “Mashal” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0. “Mashal” hisobida g'alaba umuman yo'qligi haqida aytib o'tdik.

Dastlabki davrada Toshkentda o'tgan uchrashuvda "qaldirg'ochlar" yirik g'alabani tantana qilishgan. Sardor Rashidov, Timur Ayupov, Sardor Sobirxo'jaev va SHaker Zuagi tomonidan urilgan gollar "Bunyodkor"ga g'alaba keltirgan - 4:0.

Muborakda o'tgan barcha uchrashuvlar:
23.03.2014 Mashal – Bunyodkor 0:2
21.11.2012 Mashal – Bunyodkor 0:2
07.03.2011 Mashal – Bunyodkor 0:2
05.08.2010 Mashal – Bunyodkor 0:2
12.11.2009 Mashal – Bunyodkor 0:1
11.09.2008 Mashal – Bunyodkor 0:2
14.04.2007 Mashal – Bunyodkor 0:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Muborakdagi o'yinlarda “qaldirg'ochlar” 12 marta gol urishgan va barcha o'yinlarda g'alaba qozonishgan. "Mashal" o'z maydonida bu jamoa darvozasiga umuman gol urmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика