So’nggi yangiliklar

01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1

Prevyu. "Manchester Siti" - "CHelsi" Yangiliklar

Prevyu. "Manchester Siti" - "CHelsi"

Bugun Angliyada 14-tur bellashuvlariga start beriladi.

Tur markaziy o'yin bilan boshlanadi. Peshqadam "CHelsi" turnir jadvalida o'zini izma-iz taqib qilib kelayotgan "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi. Quyida ana shu uchrashuv prevyusini etiboringizga havola etamiz.

APL, 14-tur

"Manchester Siti" – "CHelsi"

03.12.2016, 17:30
"Etixad Stedium"
Bosh hakam: Entoni Teylor (Manchester)


"Aristokratlar" uchta markaziy himoyachi taktikasiga o'tgandan buyon umuman ochko yo'qotmayapti. Antonio Kontening hozirgi jamoasi muhitga tez moslashuvchan xavfli yirtqichni esga solmoqda. Ketma-ket quruq o'yinlardan keyin "Tottenxem"ga qarshi oldingi turning birinchi bo'limida "ko'klar"da muammolar ko'zga tashlanganday bo'ldi. Ammo, italiyalik mutaxassisning ayyorona rejasi ikkinchi bo'limda ish berdi. "CHelsi" raqibning qanotlariga zarbalar berdi va g'alabani "shporlar" qo'lidan tortib oldi. Bu aynan etakchi va chempionlikka mag'rur turib davogar ekanligini ko'z-ko'z qiladigan jamoaning o'yini edi. Endi ularda ketma-ket ettita g'alaba bor, to'plar nisbati esa 19:1. Fantastik ko'rsatkich va birinchi o'rin.



"Manchester Siti"da esa hammasi bir tekis va yaxshi ketmayapti. SHunga qaramay, klub oxirgi olti o'yinda 12 ochko jamg'ardi. "CHelsi"da stabillik ko'zga tashlanayotgan bo'lsa, "shaharliklar"da buning aksi. Har o'yinda tarkib va taktika sxemalar o'zgarmoqda. Balki, bu Gvardiola Kontedan farqli o'laroq hozirgi klubiga mos tushuvchi eng ideal taktikani topib ulgurmaganidan dalolatdir. Boshqa tomondan, Pepda futbolchilardagi jarohat va diskvalifikaciyalar ham etarli bo'lmoqda.



Har ikkala jamoada ham asosiy sardorlar maydonga tusha olishmaydi. "Siti"da Kompani mavsum boshidan buyon jarohatdan to'liq forig' bo'la olmayapti, Delf esa mashg'ulotlarga qaytdi, Sterling mushaklarida biroz og'riq sezmoqda, lekin o'tgan turdan kelib chiqsak, Pepni uni asosiy tarkibda ham tushirishi mumkin. Esingizda bo'lsa, oldingi tur oldidan Gvardiola Agueroda muammolar borligi va uning maydonga tushishi so'roq ostida degan edi. Amalda esa Kun Aguero asosiy tarkibda tushib ikkita gol ham urgandi.

Konte olti o'yindan beri bir xil tarkibni tushirmoqda va unda asosiy 11talikni o'zgartirish uchun sabab yo'q. Jarohatlanganlardan Fabregas, Zuma va Obi Mikellar maydonga qaytishga yaqin. Lekin, ularni faqat zaxirada ko'rsak kerak.

"CHelsi"ning ayni paytdagi aqlbovar qilmas formada ekanligi ularni bugungi bahs favoritiga aylantiradi. Lekin, "Man. Siti" o'z maydonida ancha ishonchli harakat qiladi. Bunga ECHL doirasida "Barselona" bilan o'tkazilgan uchrashuv misol bo'la oladi. SHuningdek, mezbonlarda futbolchilarning shaxsiy imkoniyatlari ham londonliklarnikidan yaxshiroq. Poytaxtliklar esa o'yin tashkil etishda Gvardiola shogirdlaridan kuchli.

Taxminiy tarkiblar:

"Manchester Siti"
: Bravo – Sabaleta, Stounz, Otamendi, Kolarov – Fernandino, Gyundogan – Sterling, de Bryuyne, Silva – Aguero.

"CHelsi": Kurtua – Aspilikueta, David Luis, Kexill – Mozes, Matich, Kante, Alonso – Pedro, Diego Kosta, Azar.

O'ynamaydi: Kompani – Terri
So'roq ostida: Delf, Sterling – Fabregas, Zuma, Mikel, Loftus-CHik.



Qiziqarli faktlar

- "CHelsi" "shaharliklar"ni mehmonda 11 bor taslim etgan. Bu londonliklar uchun APL safar o'yinlaridagi eng yaxshi natija;

- Serxio Aguero Premer liga doirasida "ko'klar" bilan o'tkazilgan oxirgi ikkita uchrashuvda 4ta gol urgan;

- Antonio Konte "CHelsi" tarixida milliy chempionatda ketma-ket 7 bellashuvda g'alaba qozongan ikkinchi murabbiy bo'ldi. Undan avval 2006-2007 yilgi mavsumda Joze Mourino to'xtovsiz 9 uchrashuvda uch ochkoga ega bo'lgan.

Murabbiylarning o'yindan oldingi fikrlari

Xoser Gvardiola, "Manchester Siti" bosh murabbiyi:

"Antonio Konte - dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Men murabbiy sifatida birinchi marotaba unga qarshi chiqaman. Men uchun u bilan raqobatlashish qiziqarli. Biz 13 kun davomida umuman dam olmadik, shuning uchun ham yigitlarga qo'shimcha ikki kun dam berdim. Bu "CHelsi" bilan bahs bilan emas, tig'iz taqvim bilan bog'liq".

Antonio Konte, "CHelsi" bosh murabbiyi:
"Bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi, bu qarama-qarshilik bizning taktikamizni katta sinovdan o'tkazadi. Hammasi oddiy bo'lmasligini bilamiz, raqibning o'yin uslubi qiziqarli va tarkibida ajoyib futbolchilar bor. Jamoamiz qunt bilan ishlayotgani va o'sayotganini ko'rsatishga harakat qiladi. Albatta, bu katta to'qnashuv, lekin Premer ligada barcha uchrashuvlar shunday. Men o'yinni intizorlik bilan kutayapman".


Tolibjon Qosimov

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика