Prevyu. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"
17 avg 2015 09:30
Yangiliklar
Prevyu. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"
Lokomotiv (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax)
17 avgust 2015. Toshkent. "TTYMI" stadioni. 19:00
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.
“Lokomotiv” va “So'g'diyona” oliy ligada 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Lokomotiv” ushbu raqibni 11 marta mag'lub etgan. “So'g'diyona” 2 marta g'alabaga erishgan. Qolgan 2ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 33ta gol urgan, “So'g'diyona” futbolchilari atiga 9 marta toshkentliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Lokomotiv” o'zaro o'yinlarda 35 ochkoga ega bo'lgan, “So'g'diyona” hisobida 8 ochko bor. “Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 5:0ga teng. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi esa 2:0 bo'lib turibdi.
Dastlabki davrada Yangierda bo'lib o'tgan uchrashuvda tomoshabinlar 4ta golning guvohi bo'lishgan. Marat Bikmaev, Temurxo'ja Abduxoliqov va Sanjar SHoahmedovning urgan gollariga maydon egalari safiga Anvar Rajabov penaltidan javob bergandi – 1:3.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.04.2014 Lokomotiv - So'g'diyona 3:1
13.05.2013 Lokomotiv - So'g'diyona 3:1
07.09.2009 Lokomotiv - So'g'diyona 1:0
12.11.2008 Lokomotiv - So'g'diyona 3:0
02.04.2006 Lokomotiv - So'g'diyona 1:0
21.05.2005 Lokomotiv - So'g'diyona 5:0
25.06.2004 Lokomotiv - So'g'diyona 3:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z uyida “So'g'diyona”ga qarshi kechgan 7ta o'yinning barchasida g'olib bo'lgan. Jizzax klubi safarda atiga 2ta gol ura olgan. Oxirgi ikki o'yinda bir xil 3:1 hisobi qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar