So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

PREVYU. "Lokomotiv" - "Paxtakor" Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" - "Paxtakor"

Oliy liganing 6-turining markaziy uchrashuvi "Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasida bo'lib o'tadi.
Lokomotiv (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent)
27 aprel 2015. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 17:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, A.Risqullaev.
Nazoratchi: A.Xotamov.

“Lokomotiv” hamda “Paxtakor” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 14tasida “sherlar” g'olib bo'lishgan, 5ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Lokomotiv” hozirga qadar “Paxtakor”ni bir marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 51:16 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 47, “Lokomotiv” esa 8 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 7:1ga teng. “Temiryo'lchilar” yagona g'alabasi – 2:1.

O'tgan yil dastlabki davrada “Paxtakor” maydonida bo'lib o'tgan bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. O'sha bahsning 11-daqiqasida Ivan Nagaev hisobni ochgandi. Bunga birinchi bo'limda Aleksandr Merzlyakov javob bergandi. 76-daqiqada Jasur Hasanov “Lokomotiv”ni yana oldinga olib chiqqandi. Asosiy vaqt tugashiga bir daqiqa qolganida Egor Krimec to'p kiritib yakuniy natijani o'rnatgandi – 2:2. “Lokomotiv” maydonidagi bahsda Krimec, Miladinovich va Merzlyakovning gollariga “temiryo'lchilar” safida Alisher SHog'ulomov javob bergandi xolos – 1:3.

“Lokomotiv” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.10.2014 Lokomotiv - Paxtakor 1:3
04.10.2013 Lokomotiv - Paxtakor 0:1
27.04.2012 Lokomotiv - Paxtakor 1:1
15.08.2010 Lokomotiv - Paxtakor 0:2
30.10.2009 Lokomotiv - Paxtakor 2:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida bo'lib o'tgan 10 o'yinning hech birida g'alaba qozona olmagan. Uch marta durang o'ynagan. Qolgan etti o'yinda “Paxtakor” raqib maydonidan uch ochko bilan qayta olgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика