PREVYU. "Lokomotiv" - "Neftchi"
22 mar 2015 08:29
Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" - "Neftchi"
O'zbekiston vice-chempioni Toshkentning "Lokomotiv" klubi o'z maydonida Farg'onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi.
LOKOMOTIV - NEFTCHI
22 mart 2015. Toshkent. TTYMI stadioni. 16:00
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), M. Majidov (Namangan), A. Kalinin (Qarshi), R. Toshmuhammedov (Nukus).
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
“Lokomotiv” va “Neftchi” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar toshkentliklarning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Lokomotiv” 11 marta g'alaba qozongan, “Neftchi” hisobida 7ta muvaffaqiyat mavjud. 2ta bahsda durang qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 29ta gol kiritgan, “temiryo'lchilar” esa 32 bora farg'onaliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Farg'ona jamoasi o'zaro o'yinlarda 23, “Loko” esa 35 ochkoga ega chiqqan. Farg'onaliklarning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng bo'lsa, “Lokomotiv”da bu ko'rsatkich 4:1ga teng.
O'tgan mavsum 12-turda Farg'onada o'tgan bahs taqdirini bitta gol hal qilgandi. Dastlabki bo'lim so'nggida kichik Jasur Hasanovning urgan goli “Lokomotiv”ga g'alaba keltirgandi – 0:1. Toshkentda esa 4:2 hisobi qayd etilgan. “Neftchi” darvozasiga Marat Bikmaev, Aleksandr Geynrix, Alisher SHog'ulomov, Jahongir Mehmonov (avtogol) gol urishgan. Nosir Otaqo'ziev va SHerzod Hakimov mezbonlar darvozasiga gol urishgan.
Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
02.11.2014 Lokomotiv - Neftchi 4:2
24.10.2013 Lokomotiv - Neftchi 3:1
15.04.2012 Lokomotiv - Neftchi 1:1
13.03.2010 Lokomotiv - Neftchi 3:1
05.03.2009 Lokomotiv - Neftchi 2:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Lokomotiv” o'z maydonida o'tgan 10ta o'yinning 7tasida zafar quchgan. “Neftchi” ikki marta (2004 va 2007 yillarda) Toshkentdan uch ochko bilan qaytgan. Poytaxtda bu jamoalar bir marta durang qayd etishgan.
Narzulla Saydullaev

Fikrlar