So’nggi yangiliklar

14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  2 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8

PREVYU. "Lokomotiv" - "Metallurg" Yangiliklar

PREVYU. "Lokomotiv" - "Metallurg"

Vadim Abramov boshchiligidagi "Lokomotiv" klubi o'z uyida Rustam Mirsodiqov ustozlik qilayotgan "Metallurg" klubini qabul qiladi.
Lokomotiv (Toshkent) – Metallurg (Bekobod)
15 avgust. Toshkent. “TTYMI” stadioni. 19:00
Hakamlar:
T.To'xtasinov, V.Lushin, A.Marajabov, S.Sattorov.
Nazoratchi: I.SHaripov.

“Metallurg” va “Lokomotiv” oliy ligada jami 19 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “temiryo'lchilar”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Lokomotiv” 12 marta g'olib bo'lgan. 4ta  o'yinda durang qayd etilgan. “Metallurg” esa 3ta o'yinda zafar quchgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Loko” tomonida – 33:13 . O'zaro o'yinlarda “Lokomotiv” 40 ochko jamg'argan bo'lsa, “Metallurg” esa 13 ochko yiqqan.

“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. Bekobodliklarda bu ko'rsatkich 1:0 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Bekoboddagi bahs taqdirini bitta gol hal qilgan. Ushbu golni “temiryo'lchilar” hujumchisi Ivan Nagaev 47-daqiqada mezbonlar darvozasiga urgandi - 0:1.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.04.2013 Lokomotiv - Metallurg 2:1
21.09.2012 Lokomotiv - Metallurg 5:1
04.06.2010 Lokomotiv - Metallurg 1:0
20.09.2009 Lokomotiv - Metallurg 1:0
25.05.2008 Lokomotiv - Metallurg 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt : “Lokomotiv” o'z maydonida ushbu raqibga umuman mag'lub bo'lmagan. “Temiryo'lchilar” 8 marta g'olib bo'lishgan va 1 bor durang o'ynashgan. “Metallurg” 2007 yil Toshkentdan bir ochko bilan qaytgandi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика