So’nggi yangiliklar

20:2332 ёшли Парти "Арсенал"ни тарк этади — Туркия клублари ҳаракатда  0 20:00Суперлига. "Нефтчи" – "Бухоро" 0:0 (матнли трансляция)  11 19:38"Ливерпуль" ҳимоя чизиғида ўзгариш кутиляпти — "Кристал Пэлас" ҳимоячиси рўйхатдаги асосий номзодлардан бири  0 19:12Суперлига. "Машъал" - "Насаф" 0:1 (матнли трансляция)  16 18:41Мудрик антодопинг қоидаларини бузганликда айбланса, "Челси" уни судга беради  6 18:18Аморим Рэшфордга чиқиш эшигини кўрсатмоқда: МЮ уни "Реал"га таклиф қилди   2 17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  2 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  14 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  3 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7

Prevyu: "Lion" - "Yuventus" Yangiliklar

Prevyu: "Lion" - "Yuventus"

Bugun CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida "Lion" va "Yuventus" o'rtasidagi birinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Bugungi o'zaro uchrashuvdan avval jamoalar milliy chempionatida o'ynab, raqiblari ustidan g'alabaga erishdilar: ikkisi ham safarda harakat qildi. "Lion" 1 Liga doirasida "Metc"dan ustun keldi (2:0), "Yuventus" esa A Seriyada SPALni mag'lub etdi (2:1).


Muhim jihatlar

"Lion" "Yuventus"ga qarshi bahsdan oldin inqirozdan chiqishga muvaffaq bo'ldi

Lion klubi ichki chempionatda "Metc" ustidan oson g'alabaga erishgani bosh murabbiy to'g'ri uslub tanlagani va jamoa to'g'ri yo'nalishda harakatlanayotganining isbotidir. Ushbu bahsda "Lion" birinchi golini 45+8 daqiqada urishga muvaffaq bo'ldi. Lekin ungacha kuchlar xuddi tengdek edi.


Mezbonlarda yo'qotishlar ko'proq

Turin klubiga qarshi ikkita uchrashuvda ham "Lion"ning 2ta muhim o'yinchisi maydonga tushmaydi. Bugungi o'yinda "zebralar"ga yarim himoyachi Jeff-Rene Adelaid va hujumchi Memfis Depay yordam berolmaydi. Ikkisi ham jamoa hujum chizig'ining asosiy o'yinchilari edi. Niderlandiya termasi futbolchisi (ECHL joriy mavsumida o'z sheriklari orasidagi eng yaxshi to'purar) 5 o'yinda 5ta gol urishga erishdi. Ammo Rudi Garsiyaning asosiy muammosi bu emas. Uchrashuvdan avval himoyachi Rafaelning to'pig'i shikastlandi va bugungi hali sog'ayishga ulgurmadi.

Mehmon jamoa tarkibidan braziliyalik yarim himoyachi Duglas Kosta (qaydnomaga kiritilgan, biroq xavbek jarohatdan keyin to'liq tuzalmadi) va himoyachi Merix Demiral maydonga tushmaydi. Turkiyalikning tizzasi singani tufayli mavsum so'ngiga qadam safdan chiqqan.


Mehmonlar murabbiyi qanday hujum turidan foydalanadi?

Yaxshi kadrlar imkoniyatiga ega Mauricio Sarri o'yin tarkibi va taktikasini tanlash borasida raqib jamoani qiyin ahvolga solib qo'yishi hamda keskin burilish qilgan holda harakatlanishni xush ko'radi. "CHelsi" sobiq murabbiyi SPALga qarshi uchrshuvda ham "hujum guruhi" o'rtasida futbolchilarni o'rnini almashtirishdan foydalandi.

Natijada Paulo Dibala "aldamchi to'qqizlik" poziciyasida o'ynadi. CHindan ham, argentinalik bu joyda o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi. CHapda Krishtianu Ronaldu, o'ng tomonda esa — Xuan Kuadrado. Gonsalo Iguain esa yana zaxirada qolgandi.


Taxminiy tarkiblar

Mezbonlar bosh murabbiyi Rudi Garsiya yaqinda "Amen"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda kutilmaganda 4-4-2 taktikasidan foydalandi. Ammo bu unchalik ham ijobiy natija bermadi. SHuning uchun, yana 4-3-3 sxemasiga qaytdi. Biroq Garsiya keyinroq boshqa usullardan ham foydalanib ko'rdi.

Mehmonlar bosh murabbiyi Mauricio Sarri ko'pincha 4-3-3 taktikasini tandaydi. Bu safar ham katta ehtimol bilan jamoa shu sxema bo'yicha o'ynaydi. 

O'zaro uchrashuvlar

Jamoalar 2016 yil CHempionlar Ligasi guruh bosqichida uchrashgan edilar. Turinda 1:1 hisobidagi durang qayd etilgan, Lion shahrida esa Italiya klubining qo'li baland kelgan (0:1).


"Lion" vs "Yuventus"

Ko'pchilikning fikriga qaraganda, "Yuventus"ning Lion shahriga bo'ladigan tashrifi "engil sayohat kabi" o'tib ketarmish. Biroq mezbonlar mag'lubiyatga uchramasligini tasdiqlovchi bir nechta omillar bor. Birinchidan, "keksa sinora" g'ayrioddiy o'yin namoyish etishi va pragmatizmni unutib qo'yishi natijasida "Yuventus" hamon Italiyaning oddiy bir klubi bo'lib qolmoqda.

Ikkinchidan, "Lion" o'z maydonida 7 uchrashuvdan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. SHuningdek, uzoq vaqtdan buyon uyida ECHL doirasida bo'lgan bahslarda ham engilmadi: naqd 8ta o'yinda! Yani 2016 yil dekabridan buyon. "Lion" shu vaqt mobaynida "Manchester Siti", "Barselona" va "Leypcig"ning dodini berdi. Biroq etiborli tomoni shundaki, "Lion" ushbu 8 o'yindan atigi bittasida g'alaba qozongan, qolgan 7 uchrashuvda esa durang qayd etgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика