So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  1 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  3 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Prevyu. "Jenoa" - "Udineze": SHomurodov bizni xursand qila oladimi? Yangiliklar

Prevyu. "Jenoa" - "Udineze": SHomurodov bizni xursand qila oladimi?

Bugun, 13 mart, A Seriya 27-turi doirasida hamyurtimiz harakat qilayotgan "Jenoa" o'z uyida "Udineze"ni qabul qiladi.

Umuman olganda, mavsum davomida "Udineze" barqaror o'yin ko'rsatmoqda, lekin "Jenoa" ham murabbiy alishtirgach, musobaqa jadvalidagi vaziyatini o'nglab oldi. 


"Jenoa"

"Jenoa" hozirda 27 ochko bilan 13-pog'onani egallab turibdi. Xavfli zona bilan oradagi farq etti ochkoni tashkil qilmoqda va bu genuyaliklar uchun oxirgi davrning eng muhim xabari hisoblanadi. Vaholanki, yaqindagina klub xavfli hududdan chiqolmay yurgandi. Ha, oxirgi uchrashuvlar u qadar omadli o'tmagan bo'lsa-da, o'sha o'yinlardagi raqiblarning darajasini ham inobatga olish zarur. Nima bo'lsa ham, "Jenoa" imkoniyatlari cheklangan va favoritlarga doim ham munosib qarshilik ko'rsata olmaydi.

"Inter"ga qarshi o'yinda (0:3) yirik mag'lubiyat, ammo bu mavsum Antonio Konte shogirdlariga ichki chempionatda uncha-munchasi bas kela olmayapti. Asosiysi "Jenoa" o'zi bilan teng kuchli raqiblarga qarshi uchrashuvlarda ochko jamlay olmoqda. Misol uchun, "Sampdoriya"ga qarshi o'yinda (1:1) Dzappakosta gol muallifi bo'ldi. Safarda "Roma"ga qarshi uchrashuv esa qiyin kechgandi.

Genuyaliklar 5 turadan buyon g'alaba qozona olmayapti, lekin aytib o'tganimizdek, bu erda raqiblar kimligini ham unutmaslik lozim. Umuman olganda, jamoa yomon sport formasida emas va bo'lajak o'yinda balki ancha kutilgan g'alaba qayd etilar. SHu o'rinda, tarkibdagi muammolarni aytib o'tish lozim, himoyachi Masello jarohat sabab o'yinni o'tkazib yuborsa, jamoaga hujumchilar Goran Pandev hamda asosiy kuch Mattia Destro ham kartochkalar sababli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur. 


"Udineze"

"Udineze" hozirda 11-o'rinda bormoqda va 32 ochkoga ega. Jamoa xavfli zonadan ko'ra, jadvalning o'rtasiga yaqinroq joylashgan. "Udineze" o'zining mustahkam o'yini bilan nom chiqargan, ushbu klubdan doimo aqlli va manoli o'yin kutish mumkin. Klubning asosiy etakchisi Rodrigo De Paul hisoblanadi. Argentinalik yarim himoyachi "Udineze"ning haqiqiy yuragi, aynan 26 yoshli futbolchi maydondagi o'yinni boshqarib turadi.

De Paulning golli uzatmasi "Fiorentina" ustidan (1:0) g'alaba qozonishga yordam berdi, gol esa Nesterovski hisobiga yozildi. "Milan"ga qarshi bahsda durang qayd etilganini ham aytish joiz (1:1) va  o'shanda ham De Paul golli uzatma bergandi. "Sassuolo" bilan o'yinda esa g'alaba (2:0) qozonilgan. 1ta gol va golli uzatma muallifi Rodrigo De Paul edi. Argentinalik ketma-ket 4 o'yinda golli uzatma berishga muvaffaq bo'lgandi.

"Udineze" to'rt turdan buyon yutqazmayapti. Jamoa barqaror ravishda ochko jamg'arib bormoqda. SHunday ekan, xavotirga o'rin yo'q.


O'zaro uchrashuvlar

Oxirgi o'zaro besh uchrashuvda "Udineze" uch bor g'alaba qozongan va ikki bor durang o'ynagan. Birinchi davrada "Udineze" kichik (1:0) hisobda zafar quchgan.

Etiborli jihati, "Jenoa" o'yinlardagi samaradorlik bo'yicha 16-o'rinni, "Udineze" esa 19-pog'onani egallab turibdi. O'zaro o'yinda ham gollar yomg'irini kutish qiyin bo'lsa kerak, lekin SHomurodovdan samarali harakatlar kutib qolamiz. "Jenoa" odatga ko'ra yopiq futbol namoyish qilsa kerak. "Udineze" ham sabr bilan raqib xatosini kutib o'ynashini taxmin qilish mumkin. 

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика