So’nggi yangiliklar

14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  2 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8

PREVYU. "Dinamo" - "So'g'diyona" Yangiliklar

PREVYU. "Dinamo" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 16-turini ochib beruvchi bahs Samarqandda "Dinamo" va Jizzaxning "So'g'diyona" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi.
Dinamo (Samarqand) – So'g'diyona (Jizzax)
15 avgust. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 17:00
Hakamlar:
Z.Qodirov, X.Mirzaahmedov, A.Snetkov, SH.Ro'ziqulov.
Nazoratchi: S.Najafaliev.

Bu ikki jamoaning yo'llari oliy ligada naqd 33 bor kesishgan. Ustunlik “Dinamo” tomonida. O'yinlarning 15tasida samarqandliklarning qo'li baland kelgan. 12ta uchrashuvda esa “So'g'diyona” g'olib chiqqan. Qolgan olti uchrashuvda durang hisobi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga. “Arslonlar” shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 52ta gol urib o'z darvozalaridan 36 marta to'p o'tkazib yuborishgan. O'zaro o'inlarda “Dinamo” 51 ochkoni, “So'g'diyona” esa 42 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo” oliy ligada “So'g'diyona” ustidan 4:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi Samarqand klubining eng yirik g'alabasi hisoblanadi. Jizzax klubining o'zaro o'yinlardagi bu raqib ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 3:1 bo'lib turibdi.

Uchinchi turda “Dinamo” safardan g'alaba bilan qaytgan. Akmal Xolmurodov, Sirojiddin Sayfiev va Zayniddin Tojievning gollariga “So'g'diyona” safida Suxrob Qobilov penaltidan javob bergan xolos – 1:3.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

14.09.2013 Dinamo - So'g'diyona 1:1
05.11.2011 Dinamo - So'g'diyona 2:0
23.08.2009 Dinamo - So'g'diyona 3:0
07.03.2008 Dinamo - So'g'diyona 0:1
07.10.2005 Dinamo - So'g'diyona 3:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” safarda bu raqibni uch marta mag'lub etgan. “Dinamo” Samarqandda 11 bor zafar quchgan. Faqat bitta uchrashuv durang natijasi bilan tugagan. Oxirgi uchta bahsda Jizzax klubi safarda g'alaba qozona olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика