Prevyu. "Dinamo" - "Lokomotiv"
16 apr 2015 08:30
Yangiliklar

Prevyu. "Dinamo" - "Lokomotiv"
Oliy liganing 5-turi Samarqandda "Dinamo" - "Lokomotiv" o'yini bilan boshlanadi.
Dinamo (Samarqand) – Lokomotiv (Toshkent)
16 aprel 2015. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 16:00
Hakamlar: T. To'xtasinov (Andijon), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
UzPFL vakili: SH. Rajabov.
“Dinamo” va “Lokomotiv” oliy ligada 20 bora to'qnash kelishgan. Natijalar samarqandliklarning ustunligini ko'rsatmoqda. “Dinamo” 10ta o'yinda g'olib bo'lgan, 3ta o'yin durang hisobida yakunlangan. “Lokomotiv” ushbu raqibni hozirga qadar 7 marta mag'lub eta olgan. To'plar nisbatida ham ustunlik “Dinamo” tomonida - 33:27. O'zaro o'yinlarda “Dinamo” 33, “Lokomotiv” esa 24 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Lokomotiv”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Dinamo”da bu ko'rsatkich yanada kattaroq – 5:0.
2014 yildagi bahslarda “Lokomotiv” g'alaba qozongan. Samarqandda kechgan uchrashuvda Islom To'xtaxo'jaev hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda Salim Mustafoev ham raqib, ham o'z darvozasiga gol urgan – 1:2. Toshkentda Ildar Mamatkazinning avtogoli “temiryo'lchilar”ga uch ochko taqdim etgan – 1:0.
Samarqandda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
06.06.2014 Dinamo - Lokomotiv 1:2
29.09.2013 Dinamo - Lokomotiv 1:0
30.06.2012 Dinamo - Lokomotiv 0:1
17.04.2010 Dinamo - Lokomotiv 2:0
20.06.2009 Dinamo - Lokomotiv 5:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Samarqandda bo'lib o'tgan 10ta o'yinning 6tasida “arslonlar” zafar quchishgan. Ikki marta (2012 va 2014 yil) “Lokomotiv” safardan g'alaba bilan qaytgan. “Dinamo” maydonida ikki bor durang qayd etilgan.

Fikrlar