So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  21 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

Prevyu. "Bunyodkor" - "Qizilqum" Yangiliklar

Prevyu. "Bunyodkor" - "Qizilqum"

Teglar :  BunyodkorQizilqum
Toshkentning "Bunyodkor" klubi bu turni o'z uyida Navoiyning "Qizilqum" klubiga qarshi o'tkazadi.

Bunyodkor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy)
10 iyun 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
UzPFL vakili: A. Inoyatov.

“Bunyodkor” va “Qizilqum” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 15tasida poytaxtliklar g'olib bo'lishgan. 2 o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” oliy ligada hozirga qadar “qaldirg'ochlar”ni 1 marta mag'lub eta olgan.

“Bunyodkor” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 44ta gol kiritgan, navoiyliklar esa “qaldirg'ochlar” darvozasini 10 bor ishg'ol qilishgan. “Oltin izlovchilar”  o'zaro o'yinlarda 5 ochko ishlab olgan bo'lishsa, “Bunyodkor” 47 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Bunyodkor”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yagona va eng yirik g'alabasi - 1:0.
 
O'tgan mavsum dastlabki davrada Navoiyda o'tgan bahsda Vohid SHodievning 66 va 68-daqiqada urgan gollari “Bunyodkor”ga g'alaba keltirgan – 0:2. Qizig'i o'sha o'yinda SHodiev qizil kartochka ham olgan edi. Toshkentda esa Eldor SHomurodov dublga erishgandi. Navoiy klubi safida Navro'z Alimov super gol muallifiga aylangandi – 2:1.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
07.08.2015 Bunyodkor - Qizilqum 2:1
15.03.2014 Bunyodkor - Qizilqum 2:1
29.10.2013 Bunyodkor - Qizilqum 4:0
17.11.2012 Bunyodkor - Qizilqum 3:0
09.09.2011 Bunyodkor - Qizilqum 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Bunyodkor” o'z uyida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 8tasida g'alaba qozongan. 2010 yil “Qizilqum” safarda “qaldirg'ochlar” bilan safarda durang o'ynagan.  Oxirgi besh uchrashuvda “Bunyodkor” o'z maydonida bu raqibni faqat mag'lub etgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика