So’nggi yangiliklar

18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  1 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9

PREVYU. "Bunyodkor" - "Paxtakor". Toshkentdagi derbida kim g'olib chiqadi? CHeran Tiagoni quvib o'tadimi? Yangiliklar

PREVYU. "Bunyodkor" - "Paxtakor". Toshkentdagi derbida kim g'olib chiqadi? CHeran Tiagoni quvib o'tadimi?

Deyarli bir oylik tanaffusdan so'ng, Superliga bahslari qaytdi va 13-turning markaziy uchrashuvlaridan biri, Toshkent derbisi "Bunyodkor" - "Paxtakor".

Bunyodkor

Suhrob Izzatov - 11'

Superliga. 13-tur

25/06/2023, 20:00

2
:
1
Tugadi

Paxtakor

Xozhiakbar Alizhonov - 72', Po'latxo'ja Xoldorxonov - 90'

45'
90'
11'  Suhrob Izzatov
11'  Doniyor Abdumannopov
66'  Rasul Yo'ldoshev (Amir To'raqulov)
66'  Doniyor Abdumannopov (Umidbek Sultonov)
80'  Suhrob Izzatov (Jasur Hakimov)
86'  Usmonali Ismonaliev (Muhammadodil Qahramonov)
62'  Dostonbek Hamdamov (Dilshod Saitov)
72'  Xozhiakbar Alizhonov
72'  Abbosbek Fayzullayev
88'  Azizbek Turg’unboyev (Po'latxo'ja Xoldorxonov)
90'  Po'latxo'ja Xoldorxonov

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki Toshkent klubi O'zbekiston chempionati doirasida hozirgi kungacha 34 marta to'qnash kelishgan. "Paxtakor" jamoasi 34 uchrashuvdan 13ta g'alaba qozongan, "Bunyodkor" esa 12ta bahsda raqibdan qo'li baland kelgan. 34ta uchrashuvdan 9tasida jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan. "SHerlar" raqib darvozasiga 45ta gol urgan bo'lsa, "qaldirg'ochlar" 39ta gol bilan javob qaytarishgan. "Bunyodkor" klubi "Paxtakor"ga qarshi eng yirik g'alabasini 2016 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan, unda "Bunyodkor" jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. "Paxtakor"ning "Bunyodkor" ustidan qozonilgan eng yirik g'alabasi esa 2020 yili qayd etilgan, yakuniy hisob 5:0.

"Bunyodkor" maydonida kechgan 17ta bellashuvning, 9tasida mezbonlar g'olib bo'lishgan. "Paxtakor" esa mehmonda 5ta uchrashuvda g'alaba qozona olgan. Qolgan 3ta bahsda durang qayd etilgan.

So'ngi to'qnashuvlar

2022 yil "Bunyodkor" - "Paxtakor" 0:2

2022 yil "Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3

2021 yil "Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:2

2021 yil "Paxtakor" - "Bunyodkor" 1:0

2020 yil "Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:2


Igor Sergeev o'zaro o'yinlar to'purari, CHeran esa ikkinchi o'rinni Tiago bilan bo'lishib turibdi. Igor Sergeev 8 gol bilan "Bunyodkor"ga qarshi o'yinlarda to'purar hisoblanadi. Ikki Toshkent jamoalari 2007 yildan buyon milliy chempionatimiz doirasida to'qnash kelmoqda. Igor hozirgacha 8 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan. Braziliyalik Tiago Bezerra va serbiyalik Dragan CHeranlar "qaldirg'ochlar"ga qarshi kechgan uchrashuvlarda, o'z nomini 5 marotaba "tablo"ga yozdirib qo'yishgan. Mirjahon Mirahmadov hisobida esa 4ta gol mavjud. Hamdamov 3 golini "Bunyodkor" va bir to'pini "Paxtakor" safida kiritgan. Doston har ikki jamoa uchun gol urgan yagona futbolchi sanaladi. Jamshid Iskanderov va Nurillo To'xtasinov esa 3tadan to'p muallifiga aylangan.

O'zaro o'yinlar to'purarlar ro'yxati

8 - Igor Sergeev

5 - Tiago Bezerra, Dragan CHeran

4 - Doston Hamdamov, Mirjahon Mirahmadov

3 - Jamshid Iskanderov, Nurillo To'xtasinov.


Joriy mavsumdagi natijalar

"Bunyodkor" ushbu mavsum jami 11ta uchrashuvda ishtirok etdi. 11ta bellashuvning 4tasida g'alaba, 4tasida durang va 3tasida mag'lubiyatga uchragan Otajonov shogirdlari 16 ochko bilan musobaqa jadvalining 8chi o'rinni egallab turishibdi.

"Paxtakor" esa raqibdan farqli o'laroq chempionatimizning joriy mavsumida 10ta uchrashuv o'tkazdi va ularning 8tasida g'alaba va ikkitasida mag'lub bo'ldi. "SHerlar" 24 ochko bilan jadvalda uchinchi o'rinni band etishgan.

Hakamlar

Hakamlar: Temurbek To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

AVAR: Avaz Abdullaev

Komissar: Vladimir Nazarov


Muallif taxmini

O'tgan turlarda ko'p futbolchilari yoshlar terma jamoasi safida bo'lganligi sabab, ko'p noligan Maksim SHackix nihoyat barcha futbolchilariga ishonch bildira oladi. Barcha futbolchilari klub ixtiyoriga kelib qo'shilgan. "Paxtakor" ertangi uchrashuvda favorit, lekin Otajonov shogirdlari o'z maydonida o'ynayotgani sabab, raqibga muammo tug'dirishi mumkin.

Imkoniyatlar

40/60 "Paxtakor" foydasiga

Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика