So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  9 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  1 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  8 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Prevyu. Bugun "Valensiya" kambek qilishiga "Atalanta" yo'l qo'yadimi?! Yangiliklar

Prevyu. Bugun "Valensiya" kambek qilishiga "Atalanta" yo'l qo'yadimi?!

Bugun CHempionlar Ligasi doirasida "Valensiya" o'z maydonida "Atalanta"ni qabul qiladi.

Evropa CHempionlar Ligasining fayzi yo'qoldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Sababi uchrashuvlar bo'sh stadionlarda o'tkazilmoqda. Qolaversa, "Valensiya" uchun Italiyada bo'lgan birinchi o'yin vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda. Xo'sh, "Valensiya" va "Atalanta" futbolchilari bugun nima uchun maydonga tushadilar va qanday natijaga erishadilar?


Birinchi o'yin

Bundan uch hafta avval Italiya klubi o'z maydonida CHempionlar Ligasi chorak finaliga chiqish uchun yuqori imkoniyatni qo'lga kirita oldi: "Valensiya"ni 4:1 hisobda mag'lub etdi. O'sha bahsda Xans Xatebur dubl qayd etgan, Yosip Ilichich va Remo Froyler esa bittadan gol urishga muvaffaq bo'lgandi. "Valensiya" safida esa Denis CHeryshev raqib darvozasiga bitta to'p kiritib, vaziyatni biroz yaxshilashga harakat qilgandi. O'shanda rossiyalik yarim himoyachi 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushgandi. Ikkinchi golni urish uchun ham imkoniyatga ega bo'lgandi, ammo buning uddasidan chiqolmagan edi.

Bugung tunda soat roppa-rosa 01:00da (Toshkent vaqti bilan) "Valensiya" bo'sh arenasida Italiya jamoasini qabul qiladi. Ispan klubi ECHLning keyingi bosqichiga chiqish uchun to'p o'tkazmay, 3ta gol urishi kerak. Agar "ko'rshapalaklar" to'p o'tkazib yuborishsa, oradagi farqni to'g'rilashlari uchun hisob — 5:1, 6:2 yoki 7:3 bo'lishi lozim.


Muhim jihatlar

"Mestalya"da kambek bo'ladimi?

Ha, muxlislarsiz o'yin — o'yin emas. Evropada koronavirus tufayli hammada vahima kuchaygan. Italiya chempionati hozircha 3 aprelga qadar to'xtatildi. A Seriyaning so'nggi turi ham tomoshabinlarsiz o'tdi, to'g'risini aytganda juda zerikarli bo'ldi. "Atalanta" tarixida ilk bor CHempionlar Ligasida ishtirok etmoqda. Turnir debyutanti chorak final bosqichiga chiqish uchun juda yaqin turibdi. Bergamoliklar — Evropaning eng yaxshi sakkiz jamoasidan biridir. Ammo "Valensiya" o'yinga qaytsachi? Axir o'zingiz ayting, so'nggi bir necha mavsum ichida ECHL pley-off bosqichida qancha kambeklarga guvoh bo'ldik?!

"Atalanta" uch hafta ichida 1ta o'yin o'tkazdi

Birinchi uchrashuv 20 fevral kuni bo'lib o'tgandi. Jan Pero Gasperini jamoasi o'shandan buyon rasman bitta o'yin o'tkazdi: safarda "Lechche"ni tor-mor etdi (7:2). Duvan Sapata xet-trik qildi, Yosip Ilichich, Luis Muriel va Ruslan Malinovskiy bittadan gol urdi, yana 1ta golni esa "Lechche" futbolchisi o'z darvozasi tomon yo'llab qo'ydi. A Seriya bahslari qoldirilgani bergamoliklarga foydali emas. To'g'rida, butun mamlakat koronavirusga qarshi kurashayotgan bir pallada, futbol o'ynash kimning ko'ngiliga sig'adi?


"Valensiya"da jarohat. Selades jangovar tarkib tuza olarmikan?

Ispaniyadagi o'yinlar hozircha taqvim bo'yicha ketmoqda. "Valensiya" 3ta o'yin o'tkazdi — safarda "Sosedad"ga qarshi bahsda ochko yo'qotdi (0:3) va "Alaves" bilan durang o'ynadi (1:1), uyda esa "Betis"ni qabul qilib, 3 ochkoga ega bo'ldi (2:1). Kuchli to'rtlikdan o'rin olish uchun shiddatli poyga davom etmoqda. Hozirda Primeraning hech bir klubi o'zining barqaror o'yini bilan maqtana olmaydi, hattoki, "Barselona" va "Real" ham.

"Valensiya"ning muvaffaqiyatsizligini tushunsa bo'ladi. Ispan klubi bosh murabbiyi qo'l ostida katta bir futbolchilar guruhi yo'q. Ayniqsa, markaziy himoya chizig'i oqsamoqda, sababi Esekel Garay va Elyakim Mangalya jarohatlangan. "Atalanta"ga qarshi bahsda diskvalifikaciya tufayli Gabriel Paulista maydonga tusha olmaydi. Ha, Albert Seladesning ro'yxatida faqat Muktar Dyakabi qoldi. Xo'sh, kim unga sherik bo'ladi? Ispaniya chempionati doirasida "Sosedad" bilan bo'lgan uchrashuvda 20 yoshli Ugo Gilyamon maydonga tushgan edi.

Albert Selades muntazam ravishda 4ta himoyachi yordamidan foydalanadi. Ispan klublari taktikani birdan o'zgartirib yuborishi qiyin. Himoyachilar Xaume Kosta va Terri Korreyya qaydnomaga kiritilmadi, forvardlar Manu Valexo hamda Maksi Gomesning esa oyog'i singan.


Taxminiy tarkiblar

"Valensiya" chorak finalga chiqish uchun kamida 3ta gol urishi kerak. SHuning uchun, sxema iloji boricha hujumkor o'yinchilardan tuzilgan bo'lishi lozim. Nazarimizda, 4-1-4-1 taktikasidan foydalanish eng maqbul yo'l bo'lsa kerak. Birinchi o'yin bilan taqqoslaganda tarkibga yangi futbolchi Alessandro Florenci va forvard Rodrigo kiritilishi mumkin. Milandagi goli evaziga Denis CHeryshev ham boshlang'ich tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori.

Jan Pero Gasperini 3-4-3 taktikasidan uzoqlashish haqida o'ylab ham ko'rmasa kerak. Jarohat tufayli braziliyalik himoyachi Rafael Toloy jamoaga yordam berolmaydi. Bergamo klubining boshqa futbolchilari esa maydonga tushishga tayyor turishidi. Buyog'i endi o'yin ritmiga bog'liq. Uch hafta ichida 1tagina rasmiy o'yin — bu yaxshi emas!


"Valensiya" vs "Atalanta"

Tunda CHempionlar Ligasining noodatiy o'yiniga guvoh bo'lamiz. "Valensiya" 3ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi, muxlislarisiz o'yin o'tkazishga majbur va tarkib bilan juda katta muammosi bor. SHu sababli, Ispan klubi chorak finalga chiqish uchun imkoniyati juda past deya olamiz. "Atalanta"ning 1tagina goli turnirning keyingi bosqich eshiklarini "Valensiya" uchun yopib qo'yishi mumkin. Bergamoliklar ajoyib hujum usuli tufayli gol urishi tayin. Ammo "Valensiya" uyida — "Mestalya"da — o'ynayotganini hisobga olsak, jamoa kambek qilishi ham hech gapmas. Biroq o'yinga OAV xodimlari kiritilmaydi, lekin jonli TV-translyaciya xodimlari bundan mustasno. Ha, achinarli holat.

Yuqorida "Atalanta" uch hafta ichida bitta rasmiy uchrashuv o'tkazgani haqida aytgan edik. Qolaversa, A Seriya bahslari ham 3 aprelgacha to'xtatilgan. SHuning uchun, "Atalanta" albatta g'alaba qozonadi deyish ham biroz noto'g'ri bo'ladi, ammo "Valensiya"dan kuchliroq ekani ham bor gap. Ha, agar "Atalanta" 1:0 qayd eta olsa, ECHLning chorak finaliga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Har ikki jamoaga ham omad tilaymiz!


Omonjon To'xtamirzaev tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика