So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  9 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Prevyu. Bugun “Manchester Yunayted” o'ynaydi Yangiliklar

Prevyu. Bugun “Manchester Yunayted” o'ynaydi

Bugun ECHL 1/8 finali doirasida "Sevilya" "Manchester Yunayted" mehmoni bo'ladi.

«MANCHESTER YUNAYTED» - «SEVILYA»Seshanba, 13 mart 2018 yil.
Evropa chempionlar ligasi. 1/8 final, Javob bahsi.
"Old Trafford", Manchester.
Bosh hakam: Danni Makkeli (Gollandiya).
Boshlanish vaqti: 00:45.

TARKIBLAR HOLATI

"Manchester Yunayted"

O'yindan oldin Joze Mourino Pol Pogbaning maydonga tushishi mumkinligi borasidagi savolga aniq javob bermadi. U dushanba kungi mashg'ulotlarda qatnashdi, biroq fotokameralarga tushmadi. Antoni Marsyal va Zlatan Ibragimovichlar muxbirlarning ko'z oldida bo'ldi.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Jons, Roxo, Blind, Errera.
So'roq ostida: Pogba, Marsyal, Ibragimovich.
Taxminiy tarkib: De Xea - Valensiya, Bayi, Smolling, Yang - Matich, Maktominey - Mata, Sanches, Rashford - Lukaku.

"Sevilya"

Jamoa bosh murabbiyi Vinchenco Montella elon qilgan Manchesterga boradigan tarkibda jarohatlangan himoyachi Sebastyan Korshya va yarim himoyachi Xesus Navaslar ko'rinmadi. SHuningdek, Migel Layyun ham "qopdan tushib qoldi".

Diskvalifikaciya: Yo'q
Jarohatlanganlar: Navas, Korshya, Layyun.
Taxminiy tarkib: Riko - Merkado, Arana, Lengle, Eskudero - Nzonzi, Banega - Sarabiya, Vaskes, Korrea - Muriel.

MYUning ishonchli himoyasi va darvozaboni Sevilyadagi bahsda hisob ochilishiga yo'l qo'ymagandi. Endi Joze Mourino jamoasi ishni "Old Trafford"da yakunlashga harakat qiladi.

"Manchester Yunayted" guruhda birinchi o'rinni egalladi va 2013/14 yilgi mavsumdan keyin ilk marta pley-off bosqichiga chiqishni uddaladi.

Ispaniya jamoasi esa E guruhida ikkinchi o'rinni oldi.

STATISTIKALAR

"Manchester Yunayted"

MYU ECHLning 1/8 final bosqichiga o'ninchi marta (6 g'alaba, 3 mag'lubiyat) etib keldi. So'nggi bora "Yunayted" 2013/14 yilgi mavsumda "Olimpiakos" (0:2, 3:0) to'sig'idan o'tishni uddalagandi.

"Manchester Yunayted"ning Ispaniya jamoalari bilan statistikasi: G'alaba - 6, mag'lubiyat - 7.

Bu uchrashuv MYU uchun bu mavsum evrokuboklardagi 9-uchrashuvdir. "Yunayted" ilk o'yinda UEFA Superkubogida "Real"ga mag'lub bo'lgandi.

A guruhida MYU 5 g'alabaga erishgandi. Bir bahsda safarda "Bazel"ga (0:1) yutqazib qo'yildi. Uy uchrashuvlarida faqatgina g'alabaga erishishdi ("Bazel" - 3:0, "Benfika" - 2:0 va CSKA - 2:1).

MYU ispan jamoalari bilan o'tgan so'nggi 12 bahsning faqatgina ikkitasida g'alaba qozongan, 5tadan durang va mag'lubiyat qayd etgan.

Evrokuboklar finallarida uch marta "Barselona" bilan to'qnash kelgan. 1990/91 yilda mankunianliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan, keyingi ikki bahsda mag'lub bo'lgan - 2009 yil Rimda 0:2, 2011 yil Londonda 1:2.

Dastlabki uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan. Demak, bu uchrashuvda ham hisob ochilmasligi va masala penaltilar seriyasida ham hal bo'lishi mumkin.

MYUning UEFA turnirlarida penaltilar seriyasidagi natijalari:

"CHelsi"ga qarshi 6:5 (CHempionlar ligasi-2007/08, final)

"Torpedo" Moskvaga qarshi (UEFA Kubogi-1992/93, birinchi davra)

"Videoton"ga qarshi 4:5 (UEFA Kubogi-1984/85, 1/4 final)

"Sevilya"

Ispaniyaliklar uchinchi marta ECHLning 1/8 final bosqichiga qadar etib keldi. 2007/08 yilgi mavsumda ular "Fenerbahche"ga mag'lub bo'lgandi (safarda 2:3, uyda 3:2, pen. ser. 2:3), ikki yil oldin CSKA qarshiligini enga olishmagan (safarda 1:1, uyda 1:2). Bir mavsum oldin esa "Lester"ga mag'lub bo'lishgan (uyda 2:1, safarda 0:2).

"Sevilya"ning 1/8 final safar uchrashuvlaridagi natijalari: durang - 1, mag'lubiyat - 2.

Jamoa hali biror marta ham Angliya hududidan muvaffaqiyat bilan qaytmagan. Ular "tumanli albion"dagi so'nggi uchrashuvida "Liverpul" bilan durang o'ynashgan.

E guruhida "Sevilya" safar o'yinlarida umuman g'alaba qozonmadi. 3-turda ular "Spartak"ka 1:5 hisobida yutqazishdi, so'nggi turda esa "Maribor" bilan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.

Ikki o'yinlik pley-offlarda "Sevilya" Angliya jamoalari bilan ikki marta to'qnash kelgan va bir marta keyingi bosqichga chiqishni uddalashgan.

"Sevilya"ning UEFA turnirlarida penaltilar seriyasidagi natijalari:

"Atletik" bilan 5:4, UEFA Evropa ligasi-2015/16, 1/4 final

"Benfika" bilan 5:4, UEFA Evropa ligasi-2013/14, final

"Betis" bilan 5:4, UEFA Evropa ligasi-2013/14, 1/8 final

"Fenerbaxche" bilan 2:3, ECHL-2007/08, 1/8 final

"Espanol" bilan 3:1, UEFA Kubogi-2006/07, final

PAOK bilan 4:2, UEFA Kubogi-1990/91, birinchi davra



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика