So’nggi yangiliklar

11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  128

Prevyu. APLning 8-tur o'yinlarini "CHelsi" - "Lester" bahsi ochib beradi Yangiliklar

Prevyu. APLning 8-tur o'yinlarini "CHelsi" - "Lester" bahsi ochib beradi

15 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da "CHelsi" hamda "Lester Siti" o'rtasidagi bahs Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvlariga start beradi.

"CHelsi" - "Lester Siti"

"CHelsi" sardori Jon Terri jarohatidan qutildi va bugun 4-turdan so'ng ilk marotaba maydonga tushishi mumkin. Villian onasining vafoti tufayli bu bahsda ishtirok etmaydi.

"Lester" yarim himoyachisi Denni Drinkuoter jarohatidan qutildi va payshanba kuni umumiy guruhda shug'ullandi, ammo Nampalis Mendining oyog'ida shikastlanish borligi tufayli maydonga tusha olmasligi mumkin.

"Lester Siti" "Stemford Brij"dagi so'nggi 10 ta o'yinda bor yo'g'i 1 marotaba g'alaba qozongan (3 ta durng, 6 ta mag'lubiyat) va bu muvaffaqiyat 2000 yilda sodir bo'lgan.

"Lester" ayni damda 12-o'rinni egallab turganini hisobga olsak, bu bahsda faqat g'alaba uchun maydonga tushishi aniq.


Imkoniyatlar: 55 - 45


"Arsenal" - "Suonsi"

"Arsenal" hujumchisi Olive Jiru va yarim himoyachi Aaron Remsi "Suonsi"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi, ammo Frensis Koklen jarohatidan qutildi.

"Suonsi" futbolchilari Fernando Lorente va Jefferson Monteroning maydonga tushish shubha ostida, ammo Natan Dayer ishtrok etmasligi aniq.

"Suonsi" Premer-liga doirasidagi "Emireyts"da o'tgan so'nggi 4 ta bahsda mag'lub bo'lmagan (3 ta g'alaba, 1 ta durang).

"Arsenal" Angliya chempionatidagi so'nggi 5 ta o'yinda g'alaba qozongan va navbatdagi bahs ham shunday bo'lishi mumkin.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Bornmut" - "Xall Siti"

"Bornmut" ustozi Eddi Xouning so'zlariga ko'ra terma jamoalar tanaffusida maydonga tushgan futbolchilarning ikki nafari shikastlangan, ammo murabbiy ularning nomini aytmadi.

"Xall Siti" hujumchisi Mbokani terma jamoalar o'yinida jarohat oldi, ammo Ahmad Elmohamadi safga qaytdi.

"Bornmut" "Xall"ga qarshi ligadagi so'nggi 12 ta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozongan (4 ta durang, 7 mag'lubiyat) va bu 2005 yilning martida sodir bo'lgan.

Bu jamoalar 7 ta turdan so'ng 10 tadan ko'p gol o'tkazgan jamoalar hisoblanadi va o'yinda gollar soni ko'p bo'lishi mumkin.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Manchester Siti" - "Everton"

"Manchester Siti" "Everton"ga qarshi bahs oldidan yaxshi formada. Kevin De Bryuyne jarohatidan qutildi, ammo uning maydonga tushishi aniq emas. Bakari Sanya terma jamoalar bahsida shikastlangani tufayli uch haftani o'tkazib yuboradi.

"Everton" safida himoyachilar Leyton Beyns va Fil Jagelka hamda hujumchi Romelu Lukaku soppa-sog'. Darron Gibson ham safga qaytdi, ammo Jeyms Makkarti va Aaron Lennonning bahsda ishtirok etishi so'roq ostida.

"Manchester Siti" "Everton"ga qarshi Premer-liga doirasidagi so'nggi olti o'yinda mag'lub bo'lmagan (4 ta g'alaba, 2 ta durang) va bu bashlarda bor-yo'g'i 4 ta gol o'tkazib yuborgan.

"Siti" Premer-ligadagi so'nggi ikki uchrashuvini muvaffaqiyatsiz o'tkazdi va "shaharliklar" bu natijani "Everton"ga qarshi bahsda to'xtatishga urinib ko'radi.

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Stok Siti" - "Sanderlend"

"Stok Siti" yarim himoyachisi Jo Allen jarohat tufayli "Sanderlend"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Glen Jonson mashg'ulotda jarohat oldi va bir oyga safdan chiqdi.

"Sanderlend" safida Lamin Kone va Jeyson Denayerning maydonga tushishi shubha ostida, Li Kattermol hamda Stiven Pienar bu bahsda ishtirok etmaydi. Vito Mannone, Sebastyan Larsson, Yan Kirxoff, Adnan Yanuzay va Fabio Borini ham maydonga tushmaydiganlar ro'yxatida.

"Stok" "Sanderlend"ga qarshi so'nggi 5 ta o'yinda g'alaba qozona olmagan (2 ta durang, 3 ta mag'lubiyat).

Imkoniyatlar: 55 - 45


"Vest Bromvich" - "Tottenxem"

"Vest Bromvich" safida Salomon Rondonning maydonga tushishi so'roq ostida.

"Tottenxem"da Mussa Dembele bu bahsda ishtirok etishi ehtimoli kam, chunki murabbiy Maurisio Pochettino, terma jamoalar o'yinida bazi futbolchilar shikastlanganini aytdi. Garri Keyni jarohat tufayli maydonga tushmaydi.

"Vest Bromvich" "Tottenxem"ga qarshi liganing so'nggi 13 ta o'yinida bor-yo'g'i 1 marotaba g'alaba qozongan (7 ta durang, 5 ta g'alaba).


Imkoniyatlar: 45 - 55


"Kristal Pelas" - "Vest Xem"

"Kristal Pelas" safida Skott Dann jarohat tufayli bahsni o'tkazib yuboradi, Pape Suare va Loik Remi ham maydonga tushmaydiganlar ro'yxatida.

"Vest Xem" jamoasida Aaron Kresvel, Nordtveyt, Jonatan Kalleri safga qaytgan, ammo Gokxan Tore 6 hafta maydonga tusha olmaydi. Artur Masuaku, Andre Ayyu, Diafra Saxo va Endi Kerroll jarohatlanganlar safida.

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Midlsbro" - "Uotford"

"Midlsbro" bosh murabbiyi Aytor Karankaning matbuot-anjumanida aytgan so'zlariga ko'ra, terma jamoalar o'yinida ishtirok etgan futbolchilar sog' qaytishdi.

"Uotford" futbolchisi Isaak Saksess jarohatidan qutildi va joriy mavsumda ilk marotaba maydonga tushishi mumkin. Migel Britos va Valon Bexrami safga qaytgan.

"Midlsbro" "Uotford"ga qarshi so'nggi 5 ta o'yinda biror marotaba g'alaba qozonmagan (2 ta durang va 3 ta mag'lubiyat).

Imkoniyatlar: 50 - 50


"Sautgempton" - "Byornli"

"Sautgempton" futbolchilari Sedrik Soares va Rayan Bertran safdan chiqqan, SHeyn Longning maydonga tushishi shubha ostida. Jey Rodriges jarohatidan qutildi, Sofian Bufal hozircha to'liq sog'ayib ketgani yo'q, ammo maydonga tushishi mumkin.

"Byornli" darvozaboni Tom Xiton terma jamoa safida jarohat oldi. Eshli Barns mashg'ulotlarga qaytdi, ammo to'liq tayyor emas.

"Sautgempton" "Byornli"ga qarshi so'nggi 14 ta uchrashuvning bor-yo'g'i bittasida mag'lub bo'lgan (7 ta g'alaba, 6 ta durang).

Imkoniyatlar: 60 - 40


"Liverpul" - "Manchester Yunayted"

"Liverpul" safida shikastlanganlar haqida aniq malumot yo'q.

"Manchester Yunayted"ning jarohatlangan futbolchilari Lyuk SHou va Genrix Mxitaryang "Liverpul"ga qarshi bahsda maydonga tushishi so'roq ostida.

"Liverpul" "Manchester Yunayted"ga qarshi so'nggi 5 uchrashuvning 4 tasida mag'lubiyatga uchragan. Yurgen Klopp qo'l ostidagi jamoa ayni damda juda kuchli o'yin ko'rsatmoqda va bahs gollarga boy bo'lishi mumkin.

Imkoniyatlar: 50 - 50

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика