So’nggi yangiliklar

16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  0 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  0 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  3 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  1 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  9 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  1 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  5 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  4 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  1 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  6 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2

Prevyu. APL qaytmoqda. Venger bolalari "tulkilar"ni "to'p"dan o'qqa tutadimi?! Yangiliklar

Prevyu. APL qaytmoqda. Venger bolalari "tulkilar"ni "to'p"dan o'qqa tutadimi?!

Futbol ihlosmandlari katta o'yinlarni sog'inib qolishgan edi.

Nihoyat, u qaytdi. Bugun dunyodagi eng qiziqarli va katta auditoriyaga ega chempionat hisoblangan Angliya Premer-ligasiga start beriladi. 2017-2018 yilgi mavsumni "Arsenal" - "Lester" uchrashuvi ochib beradi. Venger boshchiligidagi "kanonirlar" Angliyaning 2 yil oldingi chempionlarini "to'p"dan o'qqa tutishadimi yoki "tulkilar"ga "em" bo'lishadimi? Buni bugun tunda bilib olamiz. Bu tur tumanli o'lkada mavsum starti bo'lgani uchun o'yinlardagi o'zaro qarama-qarshilik tarixi yoki statistikasiga etibor qaratmaymiz. Balki, jamoalarga umumiy nazar solamiz. Demak, bugun faqat bitta o'yin bo'lib o'tadi. SHu sabab ana shu bahs haqida so'z yuritamiz. Qolgan o'yinlar va jamoalar haqida esa ertangi prevyuda o'qishingiz mumkin bo'ladi.

APL, 1-tur
"Arsenal" – "Lester"

11.08.2017, 23:45
"Emireyts stedium"
Bosh hakam:
Mayk Din (Xesvoll)



Angliyada katta futbol mavsumini boshlab beradigan bellashuvda mezbon hisoblangan londonliklar o'tgan mavsum chempionatda bor yo'g'i beshinchi pog'onani band etishdi. Bu esa ularning oxirgi 20 yilda ilk bor CHempionlar ligasidan quruq qolishganini anglatadi. Lekin, bu narsa joriy mavsumda Arsen Venger jamoasiga qo'l kelishi mumkin. Albatta, hammasi o'zlarining qo'lida. Yodingizda bo'lsa, o'tgan mavsum chempion bo'lgan "CHelsi" bir yil oldingi o'ta muvaffaqiyatsiz o'yinlar tufayli evrokuboklardan chetda qolgan, bu esa "ko'klar"ga chempionatda qolgan raqobatchilaridan kamroq kuch sarflab, ko'proq dam olish imkonini bergan edi. Bu yil o'shanga o'xshash holatda "Arsenal". To'g'ri, "to'pchilar" Evropa ligasida o'ynashadi, lekin jamoaning APLdagi ishlari yurishib tursa ELga katta kuch tashlamasligi ham mumkin. Menimcha, janob Venger bitta musobaqaga "stavka" qilishi kerak. APLdagi juda katta raqobat bilan bir vaqtda evrokubokda g'oliblik uchun kurashish juda mushkul. Buning uchun, jamoaning zaxira o'rindig'i ancha uzun bo'lishi zarur. "Arsenal" esa yozgi transfer oynasida hozircha faqat ikki nafar o'yinchini jalb etdi. Asosiy va bomba transfer bu "Lion" hujumchisi Aleksandr Lakazettning xarid qilinishi bo'ldi. Lakazett Franciya chempionatida 4 mavsumdan beri to'purarlik qobiliyatini namoyish etib kelmoqda. Lakazett joriy mavsum asosiy markaziy hujumchi bo'ladi. Sababi, ayni paytda u jamoadagi markaziy stikerlar orasida eng kuchlisi. Denni Uelbek qanot hujumchisi rolida ham o'ynay olishini inobatga olsak, MYU tarbiyalanuvchisi markazda emas, ko'proq qanotda almashib o'ynasa kerak.



SHuningdek, jamoaga "SHalke-04"dan Sead Kolashinac erkin agent sifatida kelib qo'shildi. Sead chap qanot himoyachisi, bu joyda o'ynab kelayotgan Nacho Monreal markazda ham harakat qila oladi. Angliya Superkubogida "CHelsi"ga qarshi Kolashinac zaxiradan maydonga tushgach, Monreal markazga o'tdi. "Arsenal" o'tgan mavsum markaziy himoyadagi ko'plab xatolar tufayli juda ko'p gol o'tkazib yuborgan edi. Bu mavsum oldidan jamoaga ijaradagi Rob Xolding qaytdi, shuningdek Nacho ham markaziy himoyada o'ynab bera oladi. Nazarimda, Vengerga yana bir markaziy himoyachi kerak.


Ikki yil oldin Klaudio Raneri boshchiligida juda katta shov-shuv ko'tarib chempion bo'lgan "Lester" o'tgan mavsumni 12-o'rinda yakunladi. Yozda jamoa markaziy hujumga "Manchester Siti"dan Kelechi Ixeanachoni sotib oldi. Kelechi birinchi o'yindayoq jarohat oldi. Hozir uning ahvoli yaxshi, lekin birinchi turda maydonga tushishi aniq emas. SHuningdek, SHekspir markaziy yarim himoyaga "Sevilya"dan Visente Iborrani, "Xall Siti"dan esa markaziy himoyaga Garri Maguer va darvoza chizig'iga Eldin Yakupovichlarni xarid qildi. "Tulkilar" tarkibni kuchaytirishdi. Lekin, shu kunlarda jamoa etakchilaridan biri Riyad Maxrez "Roma"ga o'tadi degan mish-mishlar ko'payib qoldi.

Angliyada eng chiroyli o'yin namoyish etadigan "Arsenal" bu yil oldingisidan yaxshiroq natija qayd etsa kerak. "CHelsi"ga qarshi bahs ko'rsatdiki, "to'pchilar" nasibasini hujumdan izlashadi. Ozil va Sanches hali formaga kirib olmagan va bugun ularni boshlang'ich tarkibda ko'rmasak kerak. "Emireyts"da bugun muxlislar gollar shousiga guvoh bo'lishsa ham ajablanmayman. Ivobi, Uelbek va Lakazett uchligi qanotlardan Belerin va Kolashinac yordamida "Lester" himoyasiga katta muammolar tug'dirib beradi. Standartlarni esa Granit Jaka qoyillatib bermoqda. "Lester" tarkibida Maxrezning o'yini pasayib ketdi va ularga hujum tashkil etishda yangi "umid" zarur. Bu Gray bo'lishi ham mumkin. Ammo, unga ham barqarorlik etishmaydi. Olbrayton stabil o'yin namoyish etadi, biroq unda etakchilik qobiliyati yo'q. Nima bo'lganda ham bugun tunda muxlislar juda qiziqarli o'yin ko'rishlari aniq. Yarim tunga qadar uxlamay kutganingizga afsuslanmaysiz degan umiddamiz.



Murabbiylar fikrlari:

Arsen Venger ("Arsenal"): "Biz mavsumga yaxshi tayyorlandik va jangga shaymiz. Endi tayyorgarlik sifatini ochkolarga aylantirish vaqti keldi".

Kreyg SHekspir ("Lester"): "Arsenal" Angliya kubogi va Superkubogi sohibi. Ular juda katta kuchga ega".


Eplmanager.com: Barcha bilishi shart bo'lgan o'zgarishlar haqida malumot


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика