So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  3 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  11 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  3 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Prevyu. "Andijon" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"

Oliy liganing 16-turida Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" Ro'ziqul Berdiev boshchilik qilayotgan "Nasaf" klubini qabul qiladi.

Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi)
2 avgust 2015 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:30
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“Andijon” hamda “Nasaf” oliy ligada jami 33 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda.  SHu kunga qadar “ajdarlar” 21ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 80ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 42 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 70 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.

“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.

Ilk davrada Qarshidagi bahsda to'rtta gol urilgan. Artur Gevorkyan dublga erishgan, Oleksandr Koblash mehmonlar darvozasiga bitta to'p kiritgan. Bunga Rustam Azamov bir bor javob bergan edi – 3:1.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.05.2014 Andijon - Nasaf 0:1
05.10.2012 Andijon - Nasaf 3:4
05.11.2011 Andijon - Nasaf 0:4
12.09.2010 Andijon - Nasaf 1:0
30.10.2009 Andijon - Nasaf 2:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z uyida 4 bor g'alaba qozongan, “ajdarlar” vodiydan olti marta g'alaba bilan qaytgan. Yana olti uchrashuv durang hisobi bilan tugagan. “Nasaf” oxirgi uchta safar o'yinida g'alaba qozongan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика