So’nggi yangiliklar

02:00КЖЧ. "Интер" Бразилия жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди  10 01:11Миржалол Қосимов: "Тўрт ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз. Футболчиларга ортиқча босим қилиб юбордим, деган хаёл келди"  2 01:00Суперлига. Плетнёвнинг заргарона узатмасидан сўнг урилган гол "Сурхон"га ОКМК устидан ғалаба тақдим этди  0 00:56Февзи Давлетов: "Бизга бу ғалаба жуда керак эди"  0 00:25РПЛ-2025/26да фақат сардорларга ҳакамлар билан мулоқот қилишга рухсат берилиши мумкин. Бошқалар жазоланади  0 23:23"Астон Вилла" Рэшфорд, Асенсио ва Дисасиларнинг кетганини эълон қилди  1 22:54"Ювентус" тезроқ Влаховичдан қутилмоқчи, Душан эса йиллик маоши 20 млн. евро бўлган таклифни рад этди  1 22:15МЮ нархи 60 млн. фунт бўлган ҳужумчини сотиб олиши мумкин  1 22:00Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Сурхон"га енгилди  66 20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  1 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  5 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  5 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  8 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  15

Prevyu. “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston) Yangiliklar

Prevyu. “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston)

Teglar :  NasafAl Fateh
Kelayotgan seshanba, 7 fevral kuni “Nasaf” jamoamiz Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichida Saudiya Arabistonining “Al-Fath” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv Saudiya Arabistoni Al-Ahsa shahridagi “Abdulla Bin Jalavi” stadionida, bizning vaqt bilan kech soat 20:00da boshlanadi.

“Al-Fath” klubi haqida umumiy malumotlar

“Al-Fath” sport klubi Saudiya Arabistonining sharqiy hududidagi Al-Ahsa shahrida joylashgan. Al-Ahsa shahri  Saudiya Arabistonining Ash-SHarqiya okrugiga qarashlidir. Ash-SHarqiya  okrugi  markazi Al-Dammam shahri hisoblanadi. Al-Ahsa shahri markazdan taxminan 160 km masofada uzoqlikda fors qo'ltig'i qirg'og'ida  joylashgan.

Saudiya Arabistonining professional ligasi ishtirokchisi bo'lgan “Al-Fath” futbol klubi 1958 yili tashkil etilgan. Ushbu klub mamlakatning keksa klublari qatoriga kiradi. Bu klub ancha ilgari tashkil etilganiga qaramasdan 2008/09 yilgi mavsumdan boshlab, Saudiya chempionatining eng yuqori ligasi – professional ligada ishtirok eta boshlagan. Jamoa uy uchrashuvlarini Al-Ahsa shahirdagi  “Abdulla Bin Jalavi” stadionida o'tkazadi. Sig'imi 19096 o'rin. Klubni Abdulaziz Alafaiq boshqaradi. Hozirgi paytda jamoada mahalliy mutaxasis Fathi Al Jabal bshhlib turibdi.

“Al-Fath”ning milliy chempionatdagi o'rni

Umuman “Al-Fath” klubini Saudiya Arabistoni chempionatida beqaror ishtirok etgan. Klubda murabbiylarning va futbolchilarning tez-tez almashishini kuzatish mumkin.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida milliy chempionat davom etmoqda. Joriy mavsumda muvaffayiyatsiz ishtirok etib kelayotgan “Al-Fath” klubi, 1 fevral kuni o'tkazilgan 17-tur doirasidagi uchrashuvda 3:1 hisobi bilan, “Al-Rayid” klubi ustidan g'alaba qozondi. Bu g'alaba ularga turnir jadvalidagi mavqieni ancha o'zgartirib olishga imkon yaratdi. Bungacha 14-o'rinda borayotgan klub, bu g'alabadan so'ng 11-o'ringa ko'tarilib oldi. Ular hisobida endi 14 ochko bor. Saudiya Arabistoni professional ligasida jami 14 ta jamoa ishtirok etadi. Hozirda “Al-Hilol” klubi 16-turdan keyin, 40 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Milliy chempionatda “Al-Fath”ning eng yuqori qayd etgan natijasi, 2012/13 yillardagi mavsumda 2-o'rin sohibi bo'lgan.

“Al-Fath”ning OCHLdagi ishtiroki

Klub 2015/16 yilgi mavsum yakuniga ko'ra 4-o'rinni egallagan. OFK tomonidan 2017 yilgi OCHL uchun Saudiya Arabistoniga 3+1 o'rin ajratilgan. SHu bois “Al-Fath” OCHL-2017da saralash bosqichida ishtirok etish huquqini olgan.

“Al-Fath” klubi OCHL-2014 mavsumda “Bunyodkor” klubi bilan bir guruhda qatnashgan. SHu yili “V” guruhida “Bunyodkor” bilan Qatarning “Al-Jayish”, Eronning “Fulad” va Saudiya Arabistonining “Al-Fath” klublari bahs olib borishgan.  

Dastlab,  25 fevral kuni o'tkazilgan “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan. 16 aprel kuni Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda “qaldirg'ochlar”  3:2 hisobida “Al-Fath”ni mag'lubiyatga uchratishgan.

SHu yili “Bunyodkor” guruh bosqichidan nimchorak finaliga yo'llanma olgan bo'lsa, “Al-Fath” guruhda 4-o'rinni egallab, OCHLdagi ishtirokini yakunlagan.

“Al-Fath” bilan bo'lgan har ikkala uchrashuvda ham “Nasaf” jamoasining hozirgi tajribali himoyachisi Akmal SHorahmedov “Bunyodkor” tarkibida to'liq o'ynagan.



“Al-Fath” tarkibi

 “Al-Fath” klubi OCHL-2017 saralash bosqichi uchun 30 nafar futbolchini OFK ro'yxatidan o'tkazgan.

Darvozabonlar: 1.Habib Al Vatyan, 12.Ali Al Mazaydi, 22.Abdulloh Alovayshir
 
Himoyachilar: 2.Abdulla Aldavshari, 5.Joao Gailherme (Braziliya), 23.Sayof Al Bishi, 24.Yusuf Xamis, 29.Mamduh SHarahili, 32.Abdulaziz Yusuf (Aziz), 33. Ali Al Bulayhi, 45.Ibrohim Al Nahli, 87.Husain Ayub, 88.Majid Hazazi.

Yarim himoyachilar: 4.Muhammad Abu Saban, 7.Hamdan Al Hamdan (s), 8.Nuh Al Muso, 10.Andre Monteyro (Portugaliya), 14. Muhammad Al Fahaid,  15.Axmad Al Muborak, 17.Riyod SHarahili, 18.Muhammad Al Sayid,  25.Tavfiq Buhaymid, 35.Bosil Al Bahrani, 61.Ali Aleid, 89.Abdulloh Al Ammar, 90.Hamad Al Hamad.

Hujumchilar: 9.Natxan Junior (Braziliya), 11.Hamad Al Juhayim, 71.Husayn Al Jasim, 99.Abdulloh Al Baladi.

Jamoa bosh murabbiyi: Fathi Al Jabal

Jamoa tarkibida hozirgi paytda legioner futbolchilardan, braziliyalik Joao Gailherme va Natxan Junior. Portugaliyalik Andre Monteyrolar to'p tepishmoqda.

Uchrashuv hakamlari

Ushbu uchrashuvni janubiy koreyalik hakamlar boshqaradi. OFK tomonidan uchrashuv bosh hakami etib, 34 yoshli koreyalik hakam Ko Xyuing Jin tayinlangan. Unga qanotlarda hamyurtlari Park Sangjun va Song Bonkyunlar yordam berishadi. Uchrashuvda yana bir janubiy koreyalik hakam, Kim Vusang zaxira hakami sifatida ishlaydi.

07.02.2017. OCHL-2017 saralash bosqichi uchrashuvi
“Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Nasaf” (O'zbekiston)
“Abdulla Bin Jalavi” stadioni. Soat 20:00da
Bosh hakam
: Ko Xyuing Jin (J.Koreya)
Qanot hakamlari: Park Sangjun, Song Bonkyun (ikkalasi ham J.Koreyadan)
Zaxira hakami: Kim Vusang (J.Koreya)
Uchrashuv nazoratchisi: Abdul Karim Husayniy (Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Kemel Tokebaev (Qirg'iziston)

Mazkur uchrashuv “Sport” telekanali orqali, 7 fevral kuni, to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinishi rejalashtirilgan.

“Nasaf” klubiga ushbu uchrashuvda g'alaba tilab qolamiz.

“Nasaf” PFK matbuot xizmati

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика