Prevyu. "Al-Ahli" - "Barselona"
13 dek 2016 11:01
Yangiliklar
Prevyu. "Al-Ahli" - "Barselona"
"Barselona" "Qatar Airways Cup Match of Champions" musobaqasiga o'zining eng kuchli tarkibi bilan kelgan. Jarohatlangan Jeremi Matyo o'rniga Dohaga "Barselona B"dagi Karles Alena hamda Borxa Lopes kelgan.
To'liq tarkib: Ter SHtegen, Sillessen, Masip, Pike, Rakitich, Buskets, Denis Suares, Arda, Inesta, Luis Suares, Messi, Neymar, Rafinya, Maskerano, Pako Alkaser, Xordi Alba, Lyuka Din, Serxi Roberto, Andre Gomesh, Aleyks Vidal, Yumtiti, Alena va Borxa Lopes.
Saudiyaliklar tarkibida Muhammad Abdul-SHafiy, Yannis Fetfacidis, Luis Karlos va Umar Al Somalar yo'q.
"Al-Ahli" ustozi Kristian Gross "Tottenxem", "Bazel" va "SHtutgart" kabi jamoalarda ishlab, tajriba to'plagan.
"Barselona" ilk bor Qatarda o'ynayotgani yo'q, ammo ular birinchi marotaba Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi bahs yuritadi.
Bu Kataloniya klubining arablar bilan ettinchi uchrashuvi bo'ladi. "Barselona" ushbu bahslarning 5 tasida g'alabaga erishgan, gollar nisbati esa 29-2. 2009 yilda Quvaytning "Kazma Sporting klubi"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik bahsida hisoba 1:1 bo'lgan.
"Al-Ahli" ayni damda "Al-Ayn" futbolchisi bo'lgan, Saudiya Arabistonida tug'ilgan Umar Abdulrahmonni bir uchrashuvga ijaraga oldi.
Uchrashuv quyidagi shaharlarda ushbu vaqtda boshlanadi: (Toshkentda 21:00)

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar