Prevyu. AGMK -“So'g'diyona”
23 sen 2018 10:48
Yangiliklar
Prevyu. AGMK -“So'g'diyona”
USHBU MAVSUMDA
Birinchi davra 10-turida “So'g'diyona” safarda AGMK ga qarshi bahs olib bordi va ushbu uchrashuvda hisob ochilmagan edi.
Superliga 21-turida jamoamiz o'z maydonida AGMK ni qabul qildi va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi. Ushbu uchrashuvda Zoxir Pirimov 30-daqiqada,Muzaffar Muzaffarov 51-daqiqada,65-daqiqada Jasur Hasanovlar o'z nomlariga gollarni yozib qo'yishdi. 77-daqiqada Roman Abdulov Norxonovni yiqitgani uchun penalti belgilandi. 11 metrli jarima to'pini Nikola Milinkovich aniq amalga oshirdi – 1:3.
O'YINI ILGIZ TANTASHEV BOSHQARADI
Ertanggi o'yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Xusniddin SHodmonov va Aleksandr Burovlar yordam beradi. Zaxiradagi hakam Rustam Lutfullin
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: SHerzod Rajabov
O'ZARO USTUNLIK
AGMK va “So'g'diyona” oliy ligada 16 bor, Superligada esa 2 marta to'qnash kelgan. “So'g'diyona” hisobida 6, AGMK hisobida 7 ta g'alaba mavjud. 5 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik AGMK tomonda 33:27. AGMK 26 ochko , “Co'g'diyona” 23 ochko to'plagan.
AGMK maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
05.05.2018 AGMK – «So'g'diyona» 0:0
19.08.2017 AGMK – «So'g'diyona» 2:1
01.10.2016 AGMK – «So'g'diyona» 0:1
18.06.2015 AGMK – «So'g'diyona» 3:1
23.03.2014 AGMK – «So'g'diyona» 4:2
04.07.2013 AGMK – «So'g'diyona» 4:1
02.04.2011 AGMK – «So'g'diyona» 2:2
30.10.2009 AGMK – «So'g'diyona» 3:0
18.06.2008 AGMK – «So'g'diyona» 3:2
O'zaro o'yinlar haqida fakt: O'zaro o'yinlar haqidagi fakt: AGMK o'z maydonida 9 ta o'yindan 6 tasida g'alaba qozongan, 2 o'yinda durang natija qayd etilgan. “So'g'diyona” 1 marta g'alaba qozongan.
O'YIN VAQTI
Yoshlar ligasi bahsi bugun soat 16:00 da «Metallurg» stadionida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib bahsi 23 sentyabr kuni soat 18:00 da «OKMK» stadionida o'tkaziladi.
«So'g'diyona» PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar