So’nggi yangiliklar

07:00Бугун Баҳодир, Ҳасанбой ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этади  0 01:45Галлас: "Челси"нинг таркиби ЕЧЛ учун курашадиган даражада эмас"  1 01:21"Лестер"нинг собиқ бош мураббийи вафот этди  1 00:43Элдор Шомуродов "Рома" машғулотларига қайтди  6 00:24"Бордо" янада қуйироққа "жўнатилди"  1 23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  2 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  4 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0

Prevyu. A Seriya: Piolining "Interi" tezlikni oshirmoqda... Yangiliklar

Prevyu. A Seriya: Piolining "Interi" tezlikni oshirmoqda...

Italiya chempionatining 20-turiga bugun start beriladi.


Turning dastlabki uchrashuvida autsayder "Krotone" turnir jadvalida 15-o'rinda borayotgan "Bolonya"ni qabul qiladi.

A Seriya, 20-tur. Turnir jadvali

"Krotone" - "Bolonya" (22:00)

"Stadio Ezio Skida" stadioni.

Bosh hakam
: Janpaolo Kalvarese.


O'tgan haftada Rimda "Lacio" mehmoni bo'lgan "Krotone" kichik hisobda imkoniyatni boy bergandi. O'shanda Davide Nikola shogirdlari uchrashuvning oxirgi daqiqalarida alamli tarzda gol o'tkazib yuborib, tayyor bir ochkoni qo'ldan chiqarishgandi.
"Lacio"ga nisbatan mehmonda etarlicha qarshilik ko'rsatgan "Krotone" bu gal o'z uyida bo'ladigan bahsda o'zi uchun kerakli bo'lgan natijaga umid qilishiga to'la asoslar etarli.

Jamoa garchi natija jihatdan oqsayotgan bo'lsada, Nikola shogirdlari o'yindan-o'yinga yanada shakllanib borishmoqda. Bu gal ularning raqiblari nom jihatidan ham u qadar qo'rqinchlik emas. Yani "Krotone" jamoasi o'z maydonida hozirgi "Bolonya" bilan bemalol hisoblasha olishi mumkin.
Ayni paytda "Krotone"ning ishongan tog'i sifatida qaralayotgan Diego Falkinellidan muxlislarning umidi katta. Diego joriy mavsumda "Krotone"dagi eng yorqin futbol ko'rsatayotgan futbolchi bo'lib turibdi. Hujumchi ushbu mavsum hozircha jamoaning eng yaxshi to'purari sanaladi. Uning hisobida 5ta gol va ikkita golli uzatma mavjud.

"Krotone"ning asosiy maqsadi bu nima qilib bo'lsada A Seriyada jon saqlab qolish. SHu boisdan jamoa o'z uyida bo'ladigan uchrashuvlarda imkon qadar maksimal ochko jamg'arishga katta etibor qilmoqda. "Bolonya" bilan bo'ladigan bahs shular jumlasidandir.

"Bolonya" jamoasi o'tgan turda "Yuventus" mehmoni bo'lib, yirik hisobda mag'lubiyatga uchragandi. "Bolonya" uchun mavsum ko'ngildagidek boshlangandi. Biroq Roberto Donadoni shogirdlari o'zlaridek o'rtamiyona jamoalar bilan bo'lgan bahslarda ko'p ochko yo'qotishi natijasida turnir jadvalining ikkinchi qismining o'rtasidan joy olib turibdi.

Bir so'z bilan aytganda, "Bolonya"ga barqarorlik etishmayapti.
Jamoa safidagi eng xavfli futbolchi bu Mattio Destro hisoblanadi. Destro shuningdek jamoaning asosiy to'purar hujumchisi. SHuningdek, tarkibdagi Ladislav Kreychi ham ushbu mavsumni ancha ko'tarinki ruhda o'tkazmoqda. Hozirgi "Bolonya"ning o'yini aynan shu ikki futbolchiga bog'lanib qolgan. Agarda ushbu futbolchilarning o'yini o'xshasa, unda raqiblariga qiyin bo'ladi. Aksincha bo'ladigan bo'lsa, unda "Bolonya"ning boshi berk ko'chaga kirib qolmoqda.

"Krotone" hamda "Bolonya" jamoalarining birinchi davradagi o'yini 1:0 hisobida Donadoni shogirdlarining g'alabasi bilan yakun topgandi.
O'sha bellashuvda Mattio Destroning yagona goli uchrashuv taqdirini hal etgandi.

O'zaro o'yinlardagi fakt:
Bu jamoalar jami 4 marotaba duch kelishgan. Ustunlik "Bolonya"da. "Krotone" o'tkazilgan 4 uchrashuvdan bittasida g'alaba qozongan. "Bolonya" esa uchta o'yinda zafar quchgan. Bu ikki jamoa o'rtasidagi bahsda hozircha durang natijasi qayd etilmagan.



"Inter" - "Kevo" (00:45) (Setanta Sport + - Aleziya.com (TAS-IX)

"Juzeppe Meacca" stadioni.

Bosh hakam
: Pero Jiakomelli.


Mavsumni bir tekisda o'tkaza olmayotgan "Inter" bu turda o'z maydonida "Kevo"ni mehmon qiladi. CHempionatning dastlabki turida ham aynan shu jamoalar o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda "Kevo" "Inter"ga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi va 2:0 hisobida g'alabani tantana qilgandi. "Kevo" futbolchisi Valter Birsaning dubli "Inter"ni mavsum boshidan kayfiyatini tushib ketishiga sababchi bo'lgandi. O'shandan buyon "Inter" hali bir tekisda o'yin ko'rsata olmayapti. Frank de Bur esa bu orada istefoga chiqarildi. Uning o'rniga kelgan Stefano Pioli hozirda jamoaga o'z o'yinini topib olishga va turnir jadvaliga o'ziga mos o'ringa qaytishga ko'maklashish harakatida ishlamoqda. SHuni alohida qayd etish kerakki, "Inter" oxirgi o'yinlarda nihoyat o'z qaddini biroz bo'lsada ko'tarib olishga erishdi. Jamoa "Napoli"dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng ketma-ket 5 uchrashuvda g'alaba nashidasini surdi.  Stefano Piolining mehnatlari samarasi asta-sekin ko'zga ko'rina boshlanayotgandek.

Eng qizig'i, Pioli jamoaga bosh bo'lganidan so'ng undan oldingi murabbiy Frank de Burning taktik sxemasini (4-2-3-1) o'zgartirgani yo'q. Jamoa mavsumga qay tarzda tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, o'sha sxemani saqlab qoldi. Yani futbolchilarni yangi taktik sxemaga o'tkazib, ularni ortiqcha qiynashni va vaqtni olishni istamadi. CHunki jamoa yangi taktik sxemaga ko'nikib, moslashib olishlari uchun albatta malum bir vaqt talab etiladi. Pioli esa buni inobatga olib, jamoaning tayyorgarligiga qarab o'z reja va falsafalarini o'shanga moslab futbolchilarga etkazishga harakat qilmoqda. Bu esa endi o'z mevalarini berishni boshlamoqa. Jamoa bejizga ketma-ket besh o'yinli g'alabali seriyani qayd etgani yo'q. "Inter" hozirda 7-o'ringa ko'tarilib olgan va sovrinli o'rinlarni egallab turgan jamoalar bilan 5 ochkolik farq bor. Bu esa albatta katta tafovut emas. Bu tafovutni chempionat davomida hali yo'qqa chiqarish imkoniyati "neradzurrilar"da etarli.

"Inter"ning asosiy quroli bu hujum chizig'i. Yanayam aniqrog'i, bu jamoa sardori argentinalik Mauro Ikardi sanaladi. Ikardi gol va golli uzatma tizimi bo'yicha ayni paytda bekorga kuchli-beshlikdagi eng sermahsul futbolchi bo'lib turgani yo'q. Ikardi hisobida 14ta gol va 6ta golli pas mavjud.

"Kevo" ayni paytda turnir jadvalida 11-pog'onani band etib turibdi. Rolando Maran boshchiligidagi ushbu jamoa g'alabali seriyalarni mag'lubiyatli seriyalarga almashib yubordi. "Kevo" uchun mavsum ancha ko'tarinki kayfiyatda boshlangandi. Jamoa hali aytib o'tganimizdek chempionatni "Inter" ustidan qozonilgan ajoyib g'alaba bilan boshlashga muvaffaq bo'lgandi. SHuningdek, "Kevo" uchun mavsumning ilk qismi anchayin omadli boshlangandi. Lekin jamoa oxirgi o'yinlarga kelib, muvozanatni yo'qotdi va bir qator o'yinlarda qimmatli ochkolarni boy berdi. Natijada esa tepa o'rinlarda borayotgan "Kevo" ayni paytda 11-o'ringa tushib ketdi.
Jamoaning etakchi futbolchisi Serxio Pellisser to'rtta gol bilan "Kevo"ning eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib turibdi. Valter Birsa hisobida ham to'rtta gol va to'rtta golli pas bor.

"Inter" himoyachilarining asosiy diqqat-etibori aynan shu ikki futbolchiga qaratilishi kerak. Aks holda birinchi davradagi ish yana sodir bo'lish ehtimoli mavjud.

"Kevo" bu o'yinda hech bo'lmasa bir ochko ilinjida maydonga tushadi. "Inter" esa birinchi davradagi mag'lubiyat alamini olish harakatida.

Stefano Pioli besh o'yindan buyon davom etayotgan g'alabali odimni to'xtatmoqchi emas. Buning uchun esa ular "Kevo" to'sig'ini engib o'tishlari shart.

O'zaro o'yinlardagi fakt:

Bu jamoalarning oxirgi o'tkazilgan 13ta o'yinidan 8tasida "Inter"ning qo'li baland kelgan, "Kevo" esa 3 marotaba g'alaba qozongan. Qolgan ikki uchrashuvda esa durang natijasi qayd etilgan.



Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика